Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, holat 20-fevral kuni soat 18:02 da Yangi Naynavo mahallasi hududidagi propan “zapravka”da sodir bo‘lgan. FVB yong‘in-qutvaruv ekipajlari voqea joyiga 18:13 da yetib borgan. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqmagan.

Birlamchi ma’lumotga ko‘ra, o‘sha yerda bo‘lgan 2 nafar fuqaro tan jarohati olgan va tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizilgan.

Hodisa sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.