O‘zbekiston xalq artisti, mashhur maqom ijrochisi Nafisa To‘xtayeva 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda 21-fevral kuni Madaniyat vazirligi xabar qildi.
1942-yilda Toshkentda-san’atkorlar oilasida tug‘ilgan Nafisa Qudratovna musiqa bilim yurtida ta’lim olgan. 1963-yildan O‘zbekiston Davlat filarmoniyasida, 1978−1985-yillarda Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblida xonanda sifatida ijod qilib, 50 dan ortiq mumtoz musiqa namunalarini “Oltin fond”ga muhrlagan.
Uning ijrosidagi “Saraxbori Oromijon”, “Qashqachai Savti Sabo”, “Ey Nazokat” kabi kuylari xalq orasida mashhur bo‘lgan.