Hamkorlik doirasida School 21 ishtirokchilari OCTO’da amaliyot o‘tashi mumkin bo‘ladi. U yerda nazariy bilimlarini real biznes loyihalarida qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, hamkorlikda ta’lim tashabbuslarini ishlab chiqish, yosh IT mutaxassislarining malakasini oshirishga qaratilgan treninglar va seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

OCTO – bu biznes uchun raqamli yechimlar ishlab chiqishga ixtisoslashgan ilg‘or IT kompaniyasi. Kompaniya dasturiy ta’minotni ishlab chiqadi, texnologik konsalting va fintex mahsulotlarini, shu jumladan, onlayn to‘lovlar va moliyaviy operatsiyalarni boshqarish xizmatlarini yaratadi.

octo, реклама

School 21 – bu raqamli texnologiyalar maktabi, O‘zbekiston va qo‘shni mamlakatlarning 18 yoshdan oshgan barcha xohlovchi aholisiga IT sohasida talabgir bo‘lgan kasbni bepul o‘rganish imkoniyatini beradi. Trening davomida ishtirokchilar C, C++, Java, Python, Go, SQL dasturlash tillarini o‘rganadi, DevOps vositalari bilan tanishadi, dasturiy ta’minot arxitekturasi, mobil dasturlash va boshqa asosiy IT yo‘nalishlar bo‘yicha bilim oladi.

octo, реклама

“Ushbu loyiha talabalarga IT sohasida o‘qishdan haqiqiy ishga joylashishgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tish imkonini beradi. Biz yosh mutaxassislarning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga intilamiz va buning uchun barcha zarur resurslarni taqdim etishga tayyormiz”, – dedi OCTO texnik direktori Vladimir Vasilev.

“Bugungi kunda IT sohasida muvaffaqiyatli ish boshlash uchun nafaqat sifatli bilim, balki amaliy tajriba ham zarur. School 21 da o‘qishning majburiy qismi ish haqi to‘lab beriladigan amaliyot hisoblanadi. Ishtirokchilar “Karera yo‘li” doirasida mustaqil ravishda amaliyot joyini topadi, maktab jamoasi esa ularga rezyume tayyorlash, suhbatdan o‘tish, ish beruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etishga yordam beradi va hamkor kompaniyalardan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiladi. Biz o‘quvchilarimizni OCTO’da amaliyot o‘tashga yuborishdan mamnunmiz, u yerda real loyihalar ustida ishlashlari va bozor talablariga tezroq moslashishlari mumkin bo‘ladi”, – deydi School 21 bosh ijrochi direktori Zarina Luxmanova.

Mazkur kelishuv raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va axborot texnologiyalari sohasida yangi ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha davlat tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Reklama huquqlari asosida.