Farg‘ona viloyatida Nexia-3 mashinasi harakatlanib kelayotgan poyezd tagida qoldi, deya xabar bermoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi.
Qayd etilishicha, holat 19-fevral kuni soat 22:30 atrofida “Oxunboboyev” va “Marg‘ilon” bekatlari oralig‘ida soat 22:30 atrofida sodir bo‘lgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, Qo‘qon lokomotiv deposiga qarashli Axtachi-Qo‘qon yo‘nalishidagi yuk poyezdi tarkibida 102 ta bo‘sh vagon bilan harakatlangan.
38 yoshli yengil mashina haydovchisi yo‘l harakati qoidalarini buzib, poyezdni ilon izi usulida aylanib o‘tishga uringan. Biroq poyezd mashinani urib yuborib to‘xtagan.
Avtomobil haydovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, mashina texnik shikastlangan. Ayni paytda Farg‘ona viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.