AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) degan tashkilot mavjudligidan ko‘plab amerikaliklar yaqindagina xabar topdi. OAVda deyarli bir xil sarlavha ostida USAID faoliyati nimadan iboratligini tushuntiruvchi maqolalarni ko‘rish mumkin: “USAID qanday tashkilot?”, “Nima uchun Tramp va Mask uni yopmoqchi?”, “Agar u yopilsa, nima bo‘ladi?”. Ularda “Amerika xalqidan” shiori ostida ishlaydigan AQSh Xalqaro taraqqiyot (mustaqil hukumat) agentligi nima bilan shug‘ullanishi sodda tilda bandma-band keltiriladi (AQSh yordami boshqa idoralar, masalan, Davlat departamenti orqali ham ko‘rsatiladi).

Ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi kunidanoq, 20-yanvarda Donald Tramp o‘nlab hujjatlar qatorida xorijiy yordamni 90 kunga muzlatish va uni ko‘rsatish tamoyillarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. 1-fevralda USAID sayti yopildi, 3-fevralda esa Oq uy saytida USAID “isrofgarchilik va suiiste’mol qilishda” ayblangan bayonot paydo bo‘ldi. Ayni paytda havolalar bilan keltirilgan “dalillar” (jumladan, ishonchsiz materiallar bilan tanilgan Daily Mailʼdagi bitta maqolaga beshta havola va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatuvchi o‘ta o‘ng Breitbart sayti) nufuzli ommaviy axborot vositalari tomonidan shu zahoti shubha ostiga olindi.

Minglab xodimlarga hafta oxirigacha (7-fevral) ishdan chetlatilganligi haqida xabar berildi. Donald Tramp hamda X mikrobloglar tarmog‘i egasi, Davlat boshqaruvi samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask ijtimoiy tarmoqlarda USAIDʼni yopishga chaqirdi (bunday qarorni prezident emas, faqat Kongress qabul qilishi mumkin) va uni “jinoiy tashkilot” deb atadi. 7-fevralda sud Tramp ma’muriyatining USAID xodimlarini ishdan chetlatish to‘g‘risidagi qarorini bir haftaga, 13-fevralda esa yana bir haftaga, ya’ni 21-fevralgacha to‘xtatib qo‘ydi. Shu bilan birga, sud xorijiy yordam ko‘rsatishni qayta tiklash to‘g‘risida qaror chiqardi. Biroq bu jarayon butun dunyoda to‘xtatilganligicha qolmoqda.

USAIDʼning Vashingtondagi bosh binosi.USAIDʼning Vashingtondagi bosh binosi.

AQSh rasmiylarining ritorikasini O‘zbekistonning ayrim rasmiy shaxslari ham olqishladi. “Milliy tiklanish” partiyasi deputati Nodir Tilavoldiyev Oq uy saytiga havola keltirib, USAID “O‘zbekistondagi nodavlat va notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va jamoat faollariga faol ravishda grant beruvchi” tashkilot ekanini ta’kidladi. U Tramp ma’muriyatining “terrorchilik tashkilotlari faoliyatini, biologik qurol loyihalarini moliyalashtirish, LGBT tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash” haqidagi da’volaridan iqtibos keltirdi. U “jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqaruvchi yot mafkura va g‘oyalar kirib kelishining oldini olish” uchun xorijiy grantlardan foydalanishning shaffofligini oshirish, shuningdek, hisobdorlik, nazorat mexanizmlari va ta’sir choralarini kuchaytirishga chaqirdi.

Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori va Milliy media assotsiatsiyasi rahbari Sherzodxon Qudratxo‘ja (uning izohi, shuningdek, Ilon Maskning “Amerika ovozi” va “Ozodlik” radiostansiyalarini yopishga chaqirig‘iga ham taalluqli) USAID yoki boshqa shunga o‘xshash tashkilotlar grantlari bilan “ishlashni juda istaganini” va “ishlashga tayyorligini” ma’lum qildi. “Biz hatto qilgan hisobotlar shaffofligini ham beramiz. Lekin ba’zi narsalar, xususan, LGBT g‘oyalari, o‘ta so‘l yoki provakatsion xarakterga ega bo‘lgan narsalarni berish, boshqa davlatlarning demokratiya parametrlaridan kelib chiqib bu yerga singdirish harakatlari bu mustaqil davlatlarning ichki ishiga aralashuv. Bu mutlaqo noto‘g‘ri”. Uning qo‘shimcha qilishicha, olti yil davomida turli elchixona va tashkilotlarga jurnalistlar malakasini oshirish uchun grant so‘rab murojaat qilgan, biroq biror marta ijobiy javob olmagan.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov Xʼda Pokiston saytining USAID terrorchilik guruhlari faoliyatini moliyalashtirgani haqida respublikachi kongressmen Skott Perrining bayonotlariga tayanib yozgan maqolasi bilan bo‘lishdi. Bu kongressmen Tramp Jo Baydenga yutqazgan 2020-yilgi saylov natijalariga e’tiroz bildirishga uringani va boshqa bahsli bayonotlari bilan tanilgan.

O‘zbekiston aholisi orasida ham USAID haqida yetarlicha tasavvurga ega bo‘lmaganlar ko‘p ekani ajablanarli emas. Amerikaning yuz millionlab dollarlik yordami ko‘plab odamlarning hayotiga u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatgan, uning qisqarishi ham mamlakatdagi ko‘plab sohalarga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Amerika agentligi ko‘magida yaratilgan mahsulot va xizmatlarni o‘zingiz bilmagan holda deyarli har kuni uchratishingiz mumkin.

“Gazeta.uz” USAIDʼning rahbarlik lavozimida va, jumladan, O‘zbekistonda ham ishlagan sobiq xodimi bilan agentlikning ishlash tamoyillari, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlik, shuningdek, uning dasturlari va loyihalarining mamlakat hayotining turli sohalariga ta’siri haqida suhbatlashdi. Shuningdek, biz USAIDʼga nisbatan OAV faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish va O‘zbekistonda “yot g‘oyalar"ni joriy etish bo‘yicha ayblovlar haqida so‘radik. AQSh siyosatidagi so‘nggi o‘zgarishlarni hisobga olib, suhbatdoshimiz shaxsi sir tutilishini lozim topdi.

— USAID qanday tashkilot va u qanday faoliyat bilan shug‘ullanadi?

— AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi yoki USAID — bu Qo‘shma Shtatlarning butun dunyo bo‘ylab rivojlanish va insonparvarlik yordamini ko‘rsatish uchun mas’ul bo‘lgan hukumat tashkiloti. USAID investitsiyalari millionlab odamlarning hayotini saqlab qolgan va u rivojlanish sohasida dunyodagi yetakchi agentlik hisoblanadi. 1961-yilda tashkil etilgan USAIDʼning maqsadi global farovonlikka ko‘maklashish, qashshoqlikni kamaytirish va samarali boshqaruvni ilgari surishdan iborat.

USAID sobiq rahbari Samanta Pauer mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha “C5+1” formatida Samarqandda o‘tkazilgan vazirlar uchrashuvida. Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.USAID sobiq rahbari Samanta Pauer mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha “C5+1” formatida Samarqandda o‘tkazilgan vazirlar uchrashuvida. Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.

Men USAIDʼda 30 yildan ortiq vaqt davomida, yetti mamlakatda ishlaganman. USAID butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisodiy o‘sish, atrof-muhit va boshqaruv sohalaridagi eng muhim muammolarni hal qilib, pirovardida barqaror va xavfsiz dunyoni barpo qilishga hissa qo‘shganining guvohi bo‘lganman.

aqsh, intervyu, usaid

USAIDʼning O‘zbekiston bilan hamkorligi 1993-yilda boshlangan. O‘shandan beri USAID O‘zbekistondagi millionlab fuqarolarning hayotini yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun qariyb 600 mln dollar investitsiya kiritdi. O‘ylaymanki, ko‘plab o‘quvchilaringiz u yoki bu tarzda USAID yordamidan foydalangan. Ko‘pchiligi buni hatto xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa-da.

O‘zbekistonda immunizatsiya tizimi uchun 1,3 million dollarlik asbob-uskunalar, shu jumladan, vaksinalarni saqlash uchun muzlatgich va sovutgichlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilishi.O‘zbekistonda immunizatsiya tizimi uchun 1,3 million dollarlik asbob-uskunalar, shu jumladan, vaksinalarni saqlash uchun muzlatgich va sovutgichlar Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilishi.

Qo‘shma Shtatlar uchun O‘zbekistonga investitsiya kiritish — win-win hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, AQSh soliq to‘lovchilarining mablag‘lari O‘zbekistonning gullab-yashnashiga hissa qo‘shadi va Amerikaning O‘zbekiston bilan munosabatlarini mustahkamlaydi. Microsoft asoschisi Bill Geyts shunday degandi: “Amerika yordamga sarflaydigan 1 foizdan kamroq mablag‘ nafaqat millionlab odamlarning hayotini saqlab qoladi, balki rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga, demak, bizning iqtisodiyotimizga ham katta ta’sir ko‘rsatadi”.

aqsh, intervyu, usaid

Amerika bilan eng yirik savdo aloqalariga ega bo‘lgan 15 mamlakatdan 12 tasi (jumladan, Janubiy Koreya, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Meksika va Hindiston kabi davlatlar) AQShning u yoki bu ma’noda sobiq yordam oluvchilari hisoblanadi. Umid qilamizki, O‘zbekiston ham bundan mustasno bo‘lmaydi va xuddi shunday yirik savdo hamkoriga aylanadi.

USAIDʼning O‘zbekistondagi ko‘magi sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, davlat boshqaruvi, atrof-muhit va iqtisodiy rivojlanish kabi muhim sohalarga qay darajada yordam berayotganiga o‘zim guvohman. Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimini yaxshilash va ta’lim sifatini oshirishdan tortib, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish va barqaror iqtisodiy o‘sishga hissa qo‘shishgacha. USAID tufayli aholi daromadlari sezilarli darajada oshdi va O‘zbekistonda farovonlikning asoslari mustahkamlandi.

aqsh, intervyu, usaid

Bugun faxr bilan aytishim mumkinki, USAID iqtisodiyotni mustahkamlash, mintaqaviy savdoni kengaytirish, sud-huquq islohotlarini ilgari surish va fuqarolik jamiyatining huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga hissa qo‘shish orqali O‘zbekiston aholisi va O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda. Agentlik, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasidagi sil kasalligiga qarshi kurashish kabi jiddiy muammolarni hal qiladi va hukumatga aholining asosiy ehtiyojlarini qondirishga yordam beradi.

Qiymati 316 ming dollardan ortiq bo‘lgan 16 ta sil kasalligini tezkor (30 kun o‘rniga bir kunda) tashxislash tizimining O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilishi.Qiymati 316 ming dollardan ortiq bo‘lgan 16 ta sil kasalligini tezkor (30 kun o‘rniga bir kunda) tashxislash tizimining O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligiga topshirilishi.

Yoshlarni jalb qilish, xususiy sektor ishtirokini oshirish va raqamli transformatsiyani ilgari surish borasidagi sa’y-harakatlar tufayli USAID O‘zbekistondagi islohotlar dasturini manzilli qo‘llab-quvvatlamoqda va O‘zbekiston fuqarolari uchun yaxshiroq kelajakni ta’minlashga yordam bermoqda.

— USAID dasturlari O‘zbekiston fuqarolariga aynan qanday yordam bermoqda?

— USAIDʼning maqsadi — O‘zbekistonga o‘z mustaqilligini mustahkamlash va barqaror rivojlanishga ko‘maklashish. So‘nggi 30 yil ichida millionlab o‘zbekistonliklar USAID yordamidan bahramand bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. 2020-yilda USAID O‘zbekistondagi vakolatxonasini to‘laqonli missiyaga aylantirganidan so‘ng, agentlik iqtisodiy rivojlanish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va boshqaruv kabi tayanch sohalardagi ishtirokini kengaytirdi.

Men go‘zal O‘zbekiston bo‘ylab ko‘p sayohat qildim va USAID O‘zbekistonning yanada sog‘lom aholini shakllantirish, ta’limni takomillashtirish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, ijtimoiy tenglik va qonun ustuvorligiga ko‘maklashish borasidagi sa’y-harakatlarini qay darajada qo‘llab-quvvatlayotganiga guvoh bo‘ldim.

aqsh, intervyu, usaid

USAID dasturlarining zamirida O‘zbekiston hukumati uchun asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblangan O‘zbekistonda bandlikni oshirish yotadi. Shuni ta’kidlash kerakki, AKT kabi tez rivojlanayotgan sohalarda, shu jumladan, ayollar uchun ish o‘rinlarini yaratishda USAIDʼning yordami hal qiluvchi ahamiyatga ega.

aqsh, intervyu, usaid

O‘zbekistonda 30 yoshgacha bo‘lgan 19 milliondan ortiq yoshlar istiqomat qiladi, bu mamlakat aholisining 55 foizini tashkil etadi. USAID bugungi yoshlar O‘zbekistonning eng katta boyligi, eng katta resurslaridan biri ekanini yaxshi biladi. Shunday ekan, bu yoshlar uchun ish o‘rinlarini yaratish O‘zbekiston iqtisodiyoti va kelajak avlod rivojiga hissa qo‘shishda muhim ahamiyatga ega.

aqsh, intervyu, usaid

USAID, shuningdek, O‘zbekistondagi barcha maktablarda tadbirkorlik va ishga joylashish ko‘nikmalarini o‘rgatishga qaratilgan yangi, universal fanni ishlab chiqishga ko‘maklashdi. Hozirda zamonaviy darsliklar va yangi metodikalar sinovdan o‘tkazilmoqda va keyingi o‘quv yilidan boshlab rasmiy milliy ta’lim dasturiga kiritiladi.

aqsh, intervyu, usaid

Men g‘urur bilan ayta olamanki, O‘zbekistondagi ta’lim islohotlarida USAID ko‘magi o‘zgarishlarga turtki bo‘ldi. 2019-yilda AQSh va O‘zbekiston ta’lim sohasidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 47 mln dollarlik muhim bitimni imzoladi.

Ushbu yo‘nalishda USAID 35 mingdan ortiq o‘qituvchini o‘qitdi va 6 milliondan ziyod o‘quvchini mamlakat rivojiga hissa qo‘shishlari uchun ingliz tili, axborot texnologiyalari va tadbirkorlik bo‘yicha hayotiy muhim ko‘nikmalar bilan qurollantirishga yordam berdi.

Men butun O‘zbekiston bo‘ylab turli maktablardagi ko‘plab o‘qituvchilar va o‘quvchilar bilan suhbatlashganman va bu yangi avlod USAIDʼning ta’lim sohasiga qo‘shayotgan hissasidan qanday naf olayotganini ularning o‘z tilidan eshitganman. USAID investitsiyalari tufayli O‘zbekistondagi barcha maktab o‘quvchilari ingliz tili, axborot texnologiyalari va boshqa fanlar bo‘yicha xalqaro standartdagi darsliklardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi, bu esa ularni global miqyosda ishlashga tayyorlaydigan sifatli ta’lim olishini kafolatlaydi.

Floristika maktabi ayollarga o‘z bizneslarini ochishga yordam berdi.Floristika maktabi ayollarga o‘z bizneslarini ochishga yordam berdi.

Shuningdek, menda ko‘plab fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurish, fermerlar bilan suhbatlashish va USAID yordami ularning hayoti va moddiy imkoniyatlarini qanday yaxshilayotganini ularning o‘zlaridan eshitish imkoni bo‘lgan. Ular USAID ko‘magidan barqaror usullarni joriy etish, o‘z eksportini kengaytirish va daromadlarini oshirish orqali qanday foyda ko‘rganliklarini so‘zlab berishgan. So‘nggi 10 yil ichida USAID butun O‘zbekiston bo‘ylab 40 mingdan ortiq fermer bilan ularning daromadlarini oshirish bo‘yicha hamkorlik qildi.

USAID ko‘magida tashkil etilgan intensiv bog‘.USAID ko‘magida tashkil etilgan intensiv bog‘.

USAIDʼning so‘nggi loyihalaridan biri O‘zbekiston fermerlariga fermer xo‘jaliklari hosildorligini 665 foizga, eksportni 250 foizga va qishloq xo‘jaligi daromadlarini 215 foizga oshirish orqali ajoyib yutuqlarga erishishda yordam berdi. Axir bu qoyilmaqom natija emasmi?

Namangan viloyatida donador organo-mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodning ishga tushirilishi. USAID buning uchun 460 ming dollar miqdorida grant ajratgan. Chapda — viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.Namangan viloyatida donador organo-mineral o‘g‘itlar ishlab chiqaruvchi zavodning ishga tushirilishi. USAID buning uchun 460 ming dollar miqdorida grant ajratgan. Chapda — viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.

USAIDʼning boshqa bir loyihasi O‘zbekistondagi 13,3 mingdan ortiq korxonaga uskunalar, qo‘shma investitsiyalar, xalqaro maslahat xizmatlari va o‘qitishni o‘z ichiga olgan maqsadli yordam ko‘rsatdi. Bu ularni unumdorlikni oshirish va faoliyatini kengaytirish uchun zarur vositalar bilan ta’minladi. Bu USAID O‘zbekistonga, uning kelajagi va farovonligiga ishonishining aniq isbotidir.

aqsh, intervyu, usaid

USAID, shuningdek, boshqa har qanday mamlakatda, jumladan, AQShda bo‘lgani kabi, O‘zbekiston aholisiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashadi. USAID jamiyatdagi bir qator eng murakkab ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.

Bu qo‘llab-quvvatlash, xususan, oiladagi zo‘ravonlik va odam savdosiga qarshi kurashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Darhaqiqat, USAID yordami Buxoro, Samarqand va Jizzaxda oiladagi zo‘ravonlik va odam savdosi qurbonlari bo‘lgan ayollar va voyaga yetmaganlar uchun O‘zbekistondagi ilk boshpana (shelter)larni yaratishda hal qiluvchi rol o‘ynadi. Men ushbu boshpanalarga tashrif buyurganman va USAID yordami asosiy xizmatlarni taqdim etish, jumladan, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish va muhtojlarga vaqtinchalik boshpana taklif qilish orqali har yili yuzlab ayollarni qanday qo‘llab-quvvatlayotganining guvohi bo‘lganman.

aqsh, intervyu, usaid

O‘zbekistonda modernizatsiyalashni qo‘llab-quvvatlash doirasida USAID 2014-yilda E-Sud nomi ostida elektron sud tizimini joriy etishga ko‘maklashdi. Sinov tariqasida sakkizta fuqarolik sudlaridan boshlab, tizim sudlarni boshqarishni yaxshiladi va fuqarolarga odil sudlovdan foydalanishni osonlashtirdi. Muvaffaqiyat shunday bo‘ldiki, O‘zbekiston hukumati E-Sud tizimini butun mamlakat bo‘ylab barcha 89 ta fuqarolik sudiga joriy etdi, bu esa sud jarayonlarini yanada shaffof o‘tishi va ishlarni topshirish hamda qarorlarni e’lon qilish jarayonini tezlashishiga xizmat qildi.

Endilikda fuqarolar o‘z da’volarini onlayn topshirishlari mumkin, huquqshunoslar esa masofaviy maslahatlashuvlar uchun Telegram va Zoom kabi vositalardan foydalanmoqda. Ushbu raqamli siljish O‘zbekiston sud tizimini yanada samaraliroq va hamma uchun qulay qilmoqda.

aqsh, intervyu, usaid

Mahalliy hamkorlar bilan ishlagan holda, USAID so‘nggi to‘rt yil ichida 1 millionga yaqin fuqaroga bepul huquqiy yordam ko‘rsatdi, ularga o‘z huquqlarini himoya qilish va huquqiy tizimda yo‘l topishga ko‘maklashdi. Men huquqshunoslar va manfaatdor shaxslar bilan suhbatlashganman va USAID ko‘magi aholining zaif qatlamlari, ayniqsa, oiladagi zo‘ravonlikka duchor bo‘lgan ayollar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ekanligini eshitganman. Bunday ko‘p sonli odamlarga huquqiy yordam ko‘rsatish orqali USAID ularning har birining hayotini o‘zgartiradi, shuningdek, O‘zbekistonda qonun ustuvorligini mustahkamlaydi va fuqarolarga o‘z huquqlarini himoya qilish imkoniyatini beradi.

Bular USAID O‘zbekistonga qanday yordam ko‘rsatayotganiga doir sanoqli misollar, xolos.

— USAID o‘z loyihalari uchun mablag‘larni qayerdan oladi? Mamlakatda qanday loyihalar moliyalashtirilishi kerakligini kim hal qiladi? Xarajatlar qanday nazorat qilinadi?

— USAIDʼni moliyalashtirish AQSh hukumati, aniqrog‘i, federal budjetga hissa qo‘shadigan AQSh soliq to‘lovchilari tomonidan amalga oshiriladi. USAID AQSh hukumatining eng qattiq nazorat qilinadigan agentliklardan biri bo‘lib, Kongress, Oq uy va Davlat departamentining qat’iy nazorati ostida faoliyat yuritadi.

aqsh, intervyu, usaid

Sarflangan har bir dollar kuzatib boriladi, tekshiriladi va tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiqlashtirilib boriladi, chunki bu USAIDʼning vazifasi. USAID budjeti har yili Kongress tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.

aqsh, intervyu, usaid

O‘zbekistonda USAID loyihalari AQSh hukumati, O‘zbekiston hukumati va mahalliy manfaatdor tomonlar ishtirokidagi qo‘shma jarayon doirasida amalga oshiriladi. USAID O‘zbekistonning rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ustuvor yo‘nalishlarni birgalikda belgilaydi.

USAID O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlari va AQSh tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari o‘zaro mos kelishi uchun O‘zbekiston hukumati va mahalliy hamkorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. 2022−2025-yillarga mo‘ljallangan strategik asos dasturi asosiy yo‘nalishlar: iqtisodiy o‘sish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, demokratiya va boshqaruvga alohida e’tibor qaratgani holda O‘zbekistondagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Bunday qo‘shma yondashuv USAID moliyalashtirishi sog‘liqni saqlash va ta’limdan tortib boshqaruv va iqtisodiy o‘sishgacha bo‘lgan eng muhim sohalarning bevosita qo‘llab-quvvatlashini kafolatlaydi.

aqsh, intervyu, usaid

2020-yilda USAID O‘zbekistondagi maqomini mustaqil missiya darajasiga ko‘targanidan so‘ng (bunga qadar agentlik Qozog‘istondagi missiyasi orqali faoliyat yuritib kelgan edi — tahr.), dasturlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minladi va milliy darajadagi institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirish, pirovardida O‘zbekiston fuqarolariga foyda keltirish maqsadida tarixiy imkoniyatlardan foydalandi. Natijada, O‘zbekiston hukumati, xalqaro donorlar va xususiy sektordan haqiqiy yordam va USAID bilan hamkorlik bo‘yicha so‘rovlar sonining misli ko‘rilmagan darajada o‘sishi kuzatildi.

Ushbu so‘rovlar asosan iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarini mustahkamlash va savdo hamkorlarini diversifikatsiya qilish uchun iqtisodiy sektorga, shuningdek, USAID faoliyat yuritadigan sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhit va demokratiya kabi boshqa har qanday sohaga taalluqli.

— USAIDʼning O‘zbekistondagi loyihalarini kim amalga oshiradi? Bu loyihalarda mamlakatda qancha odam ishlaydi?

— USAID o‘z loyihalarini pudratchilar yoki grant oluvchilarga autsorsingga topshirishda jarayonning tizimli va shaffof kechishini ta’minlaydi. Ustuvor yo‘nalish aniqlangandan so‘ng, USAID o‘zaro raqobatlashayotgan taklif so‘rovlarini (Requests for Proposals, RFP) yoki ariza berish bo‘yicha so‘rovlarni (Requests for Applications, RFA) e’lon qiladi, ular internetda ochiq tarzda sams.gov va grants.gov saytlarida joylashtiriladi. Ariza topshirish uchun malakali tashkilotlar taklif etiladi va USAID ularning tajribasi, xizmat ko‘rsatish ro‘yxati va iqtisodiy samaradorligi asosida kompleks baholash jarayonini o‘tkazadi. Hamkor tanlangandan so‘ng, USAID loyihani amalga oshirish uchun shartnoma yoki grant ajratadi.

aqsh, intervyu, usaid

Loyihani amalga oshirish davomida USAID samaradorlik va muvofiqlikni kuzatib borish maqsadida hisobotlar,obyektlarga tashriflar va baholashlar orqali jarayonni diqqat bilan nazorat qiladi. Loyiha yakunlangach, USAID loyihaning uzoq muddatli ta’siri va barqarorligini baholaydi.

Bunday jarayon mablag‘larning behuda sarflanmasdan, samarali ishlatilishini ta’minlaydi va rivojlanish natijalariga erishiladi. Zarurat tug‘ilganda, loyihaning amal qilish muddati davomida istalgan vaqtda tuzatish choralari ko‘riladi. Korrupsiya holatlari aniqlangan vaziyatlarda, USAID grantlar va shartnomalarni bekor qilgan. Men buni aniq bilaman, chunki bir nechta loyihalarda korrupsiya holatlarini aniqlashga mas’ul bo‘lganman hamda yakunda moliyalashtirishni butunlay to‘xtatish va ularni yopishga qaror qilganman.

O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki.O‘zbekiston kompaniyalarining xalqaro ko‘rgazmadagi ishtiroki.

USAIDʼning O‘zbekistondagi loyihalarida ishlaydigan odamlar soni har bir tashabbusning ko‘lami va hajmiga qarab farqlanadi. Odatda loyihalar tarkibiga USAID xodimlari, mahalliy pudratchilar, hamkor tashkilotlar va xalqaro agentliklar kiradi. Ular birgalikda butun mamlakat bo‘ylab minglab odamlarning hayotiga ta’sir ko‘rsatadigan umumiy maqsadga ega loyihalarni amalga oshirish ustida ishlaydi.

— USAID O‘zbekistondagi jurnalistlarni qanday qo‘llab-quvvatlaydi?

— USAID O‘zbekistonda mustaqil OAVni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlaydi. USAID dasturlari mediasavodxonlikni oshirish, jurnalistik ko‘nikmalarni takomillashtirish va odam savdosi hamda silga qarshi kurashish kabi muhim masalalarni yoritishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. USAID media maktablari, edutonlar (eduthons) va o‘quv dasturlari orqali jurnalistlarga voqea-hodisalarni mas’uliyat bilan yoritish, ilg‘or xalqaro professional tajribalarni o‘zlashtirish va muhim masalalar bo‘yicha jamoatchilik bilan muloqot qilish uchun bilim va vositalarni egallashga ko‘maklashadi. Men o‘zim ko‘plab o‘zbek jurnalistlari bilan tanishish sharafiga muyassar bo‘ldim, ularni juda hurmat qilaman va havas qilaman. Ularning ishi oson emas, lekin nihoyatda muhim!

Sherzod Qudratxo‘ja AQSh elchixonasining vaqtinchalik rahbari va USAIDʼning sil kasalligiga qarshi kurash dasturi vakillari ishtirokida USAIDʼning sil kasalligini tugatish bo‘yicha ko‘rsatayotgan yordami haqida Xalqaro press-klubni olib bormoqda. 2021-yil, mart.Sherzod Qudratxo‘ja AQSh elchixonasining vaqtinchalik rahbari va USAIDʼning sil kasalligiga qarshi kurash dasturi vakillari ishtirokida USAIDʼning sil kasalligini tugatish bo‘yicha ko‘rsatayotgan yordami haqida Xalqaro press-klubni olib bormoqda. 2021-yil, mart.

USAID tomonidan OAVni qo‘llab-quvvatlashning, mening nazarimdan, g‘oyatda muhim bo‘lgan jihatlaridan biri shundaki, USAID jurnalistlar bilan hamkorlikda kovid va sil kasalligi bo‘yicha xabardorlikni oshirish, aniq va stigmadan xoli ma’lumotlarni tarqatishni ta’minlash ustida ish olib bordi.

Shuningdek, USAID OAV mutaxassislarining yangi texnologiyalar va onlayn platformalarga moslashishiga ko‘maklashish maqsadida raqamli savodxonlik dasturlarini tashkil etdi. Ushbu tashabbuslar jurnalistlarga o‘z jamoalariga samaraliroq xizmat ko‘rsatish va jamoatchilikni muhim ijtimoiy muammolar haqida yaxshiroq xabardor qilish imkonini berdi.

— USAID turli mamlakatlarda, jumladan, O‘zbekistonda LGBT huquqlarini yoki rangli inqiloblarni targ‘ib qilayotgani haqidagi ayblovlar borasida nima deya olasiz?

— Hammamizga ma’lumki, ijtimoiy tarmoqlarning muayyan segmentlari ishonchli axborot manbasidan ko‘ra ko‘proq kanalizatsiyaga o‘xshaydi, bu ham xuddi shunday holatlardan biri.

USAID dasturlari va qarorlar qabul qilish jarayonlarida bevosita ishtirok etuvchi shaxs sifatida sizga ochiq ayta olamanki, USAIDʼning O‘zbekistonda bunday dasturlari mutlaqo yo‘q.