21-fevral kuni soat 22:02 da Toshkent shahri Yashnobod tumani Aviasozlar 4-dahasida joylashgan avtomobillar yuvish joyida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda shahar FVB matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, yong‘in-qutqaruv ekipajlari manzilga soat 22:14 da yetib borgan. Yong‘in soat 22:27 da qurshab olinib, soat 22:33 da o‘chirilgan.
Yong‘in oqibatida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo‘q. Yong‘in sababi va moddiy zarariga aniqlik kiritish ishlari boshlangan.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda yong‘in yerusti metro yo‘lining tagida bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Metropoliten matbuot xizmati yong‘in “Texnopark” — “Yashnobod” bekatlari oralig‘iga yaqin bo‘lgan hududda bo‘lganini aytib, metro harakatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmagani va yo‘nalishdagi poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida tashkillashtirilganini ma’lum qildi.