Toshkent viloyati Piskent tumanida fuqarolar tunda noqonuniy qum-shag‘al qazib olayotgani aniqladi, deya xabar bermoqda Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi.
Reyd davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Ohangaron daryosining eski o‘zani bo‘yida yuklagich yordamida qum-shag‘al aralashmalari Howo yuk mashinasiga joylanayotgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan tabiatga 3 mlrd 696 mln 204 ming so‘m zarar yetkazilgan. Transport vositalari jarima maydoniga joylashtirilgan. Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlarga huquqiy baho berish uchun prokuratura organiga yuborilgan.
Avvalroq Bekobod tumanida ham fuqarolar noqonuniy ravishda qum qazib olishi oqibatida tabiatga 100 mlrd 627 mln so‘mdan ko‘proq zarar yetkazilgandi.