Siyosat

dayjest

Barodarning O‘zbekistonga tashrifi: Afg‘onistondagi gaz va sement zavodiga sarmoya kiritish, bojlarni kamaytirish va savdo imtiyozlari

Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari v.b. Abdulg‘ani Barodar O‘zbekistonda bosh vazir Abdulla Aripov bilan uchrashdi. 10 ta mahsulotga bojlarni kamaytirish, O‘zbekistonning gaz qazib olish va sement zavodiga investitsiya kiritish, elektr uzatish liniyasini 30 mln dollarga arzonlashtirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


dayjest

Pokiston bosh vaziri 25-fevralda O‘zbekistonga keladi

Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif 25−26-fevral kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi va ikki davlat hamkorlik munosabatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qiladi. Tashrif davomida qo‘shma deklaratsiya imzolash, biznes forumida ishtirok etish ham rejalashtirilgan.


dayjest

Shavkat Mirziyoyev O‘mon TIV rahbari bilan ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidenti O‘mon sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaidiyni qabul qildi. Ular parlamentlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni rivojlantirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishni muhokama qildi.


dayjest

Behzod Hamrayev Statistika agentligiga rahbar bo‘ldi

Markaziy bank raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgan Behzod Hamrayev Prezident huzuridagi Statistika agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.


Iqtisodiyot

dayjest

Tashqi savdo operatsiyalarini monitoring qilish tartibi o‘zgartirildi

Hukumat qarori bilan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, atamalar to‘liq yangilanmoqda. Avvalgi tahrirda 26 ta atamaga ta’rif berilgan bo‘lsa, endilikda ular 15 taga qisqartirildi.


dayjest

Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilarning ma’lumotlari bojxona postlariga oldindan yetkazilishi mumkin

Postlarda o‘tkazuvchanlikni ta’minlash maqsadida xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchilar haqidagi ma’lumotlarni bojxonaga oldindan berish tizimi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Natijada avtobuslar chegaradan soddalashgan tartibda o‘tkazilib, rasmiylashtirish vaqti 2 baravar qisqaradi.


Jamiyat

dayjest

O‘zbekistonda 24−28-fevral va 1−2-mart kunlari ob-havo qanday bo‘ladi? “Gazeta.uz” sharhi

Fevralning so‘nggi va martning ilk kunlari O‘zbekistonda sovuq va yog‘ingarchiliklarga boy o‘tadi. Asosiy yog‘ingarchiliklar dushanba-chorshanba kunlari kuzatilishi kutilmoqda. Ko‘plab viloyatlarning aholisi yaxshigina qor hodisalariga ham guvoh bo‘lishi mumkin.


dayjest

“IELTS`dan 9 ball olganlarning hammasi imtihonni kompyuterda topshirgan” — IELTS instruktorlari bilan suhbat

“Gazeta.uz” ingliz tilini o‘rganayotganlarni IELTS imtihoniga tayyorlovchilar: Barno Mukimova va Diyorbek Hayitmurodov bilan suhbatlashdi. Ular onlayn/oflayn til o‘rganish farqi, imtihonni kompyuterda topshirish (CD IELTS) ustunliklari, yoshlarga imtihon xarajatini qaytaradigan tizim va boshqalar haqida so‘zladi.


dayjest

3-martdan ipoteka kreditlari uchun subsidiya olishga ariza topshirish boshlanadi

3-mart kuni soat 09:00 dan ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya olish uchun arizalar qabuli boshlanadi. Ularni Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul jo‘natish mumkin. Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.


dayjest

Hafta davomida qor va yomg‘ir yog‘adi

Dam olish kunlaridagi bahoriy ob-havodan so‘ng hafta davomida haroratning keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi. Havo kechalari 0…−9 daraja, kunduz kunlari −3…+5 darajagacha soviydi.


dayjest

Namangan va Toshkent viloyatlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 25−28-fevral kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfidan ogohlantirdi.


dayjest

Qashqadaryoda jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX avtomobilining oynalarini sindirdi

Shahrisabz shahrida to‘xtab turish qoidasini buzgani uchun jarimaga tortilganidan jahli chiqqan haydovchi YPX avtomobilining oynalarini urib sindirdi. Sud unga nisbatan 7 sutka qamoq jazosi tayinladi.


dayjest

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 1 yilga yer solig‘idan ozod qilinadi

“Yangi O‘zbekiston” massivlarini qurish uchun yer uchastkasini ijaraga olgan yuridik shaxslar 12 oy davomida ushbu yer uchastkasi bo‘yicha yer solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi. 2025-yil 1-martdan “Yangi O‘zbekiston” massivlari uchun yangi hududlar urbanizatsiya tamoyillariga muvofiq tanlanadi.


dayjest

Buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymati to‘liq qoplab beriladi

O‘zbekistonda renovatsiya asosida buzilayotgan turar va noturar joy obyektining bozor qiymatini to‘liq qoplab beriladi. Shuningdek, qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma berishga qadar bo‘lgan jarayonlar to‘liq onlayn rejimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi.


dayjest

Farg‘ona halqa yo‘lida yo‘l qoplamasi o‘pirilib tushdi

Farg‘ona halqa yo‘lining Bag‘dod tumanidan o‘tuvchi qismida yo‘l qoplamasi o‘pirilib tushdi. Bunga Farg‘ona kanalida suv sathi ko‘paygani sabab bo‘lgan. Hozirda yo‘l ta’mirlanmoqda.


dayjest

Samarqandda 20 yoshli qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab halok bo‘ldi

Samarqand shahrida buvisi bilan yashagan 20 yoshli qiz o‘zini 9-qavatdan tashlab, joniga qasd qildi. Hozirda holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.


dayjest

Endi haydovchilar “yo‘l bezoriligi” uchun transport boshqarishdan mahrum qilinishi, jarimaga tortilishi va hibsga olinishi mumkin

Prezident “yo‘l bezoriligi” uchun javobgarlik belgilovchi qonunni imzoladi. Endilikda “drift”, “shaxmat” shaklida harakatlanganlar 9 mln 375 ming so‘mgacha jarima oladi va transport boshqarishdan mahrum qilinadi. Agar qoidabuzarlik yana sodir etilsa, ikki baravar jarima beriladi yoki 15 sutka qamoqqa olinadi.


dayjest

Andijonda haydovchi tezlikni oshirishi ortidan Damas zovurga ag‘darildi

Asaka tumanida Damas haydovchisi tezlik me’yorini va oraliq masofani saqlamasligi oqibatida o‘zidan oldinda harakatlanayotgan Nexia`ga borib urildi. Shundan so‘ng Damas zovurga tushib ketgan.


dayjest

Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish tartibi belgilandi

O‘zbekistonda guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilandi. Bir yo‘la beriladigan nafaqa soliqqa tortilmaydi va undan ushlab qolishlar amalga oshirilmaydi.


dayjest

Ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish soddalashtiriladi

1-maydan boshlab O‘zbekistonda ko‘p qavatli uylarni foydalanishga topshirish jarayoni “Shaffof qurilish” orqali onlayn rejimga o‘tkazilib, soddalashtiriladi. Majburiy xulosalar soni ikkitagacha qisqartiriladi. Toshkentda 1-apreldan boshlab qurilishga ruxsat berishni tezlashtirish bo‘yicha eksperiment boshlanadi.


dayjest

2024-yilda 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilindi — Raqobat qo‘mitasi

Raqobat qo‘mitasi 2024-yil davomida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 400 dan ortiq holatda xo‘jalik subyektlariga nisbatan ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. O‘tgan yilda 200 mingdan ortiq iste’molchiga 50 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan.


dayjest

Davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan obyektlar ro‘yxati tasdiqlandi

Ekologik ekspertiza va atrof-muhitga ta’sirni baholash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi tarzida amalga oshiriladi.


dayjest

Namanganda Lacetti urib yuborgan 11 yoshli qiz halok bo‘ldi

Namangan viloyati Uychi tumanida yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan 11 yoshli qizni katta tezlikda kelayotgan Lacetti urib yubordi, piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv boshlandi.


Sport

dayjest

“Jamoa penaltilarni ko‘p mashq qilgandi”. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi murabbiyi — Osiyo Kubogidan chiqib ketish haqida

O‘zbekiston U-20 terma jamoasi penaltilar seriyasida Koreyaga yutqazib, Osiyo Kubogini tark etdi. Murabbiyning fikricha, agar raqib yengib o‘tilganda, jamoa yana chempion bo‘lishi mumkin edi. Uning aytishicha, futbolchilar penaltini ko‘p mashq qilgan, “biroq futbolda doim ham hamma narsa rejadagidek bo‘lavermaydi”.


dayjest

“To‘liq formada emasdim”. Bokschi Isroil Madrimov — Verjil Ortisga mag‘lub bo‘lgani haqida

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov Verjil Ortisga mag‘lub bo‘lganini kasallik tufayli jang oldidan to‘liq tiklanib ulgurmagani bilan izohladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u katta boks oqshomining bir qismi bo‘lgani uchun jangni bekor qilishni istamagan.


dayjest

“Manchester Siti” “Liverpul"ga yutqazdi. Abduqodir Husanov qanday o‘ynadi?

“Manchester Siti” va o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov Angliya chempionatining 26-turida “Liverpul"ga yutqazib qo‘ydi (0:2). Mag‘lubiyatga qaramay, Husanov ishonchli o‘yin ko‘rsatib, 12 marta to‘pni olib qo‘ydi — bu turning eng yaxshi ko‘rsatkichi. O‘yindan keyin Pep Gvardiola uni o‘yini uchun maqtadi (video).


dayjest

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston 2031-yilgi Osiyo kubogiga birgalikda mezbonlik qilmoqchi

O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston OFKga futbol bo‘yicha 2031-yilgi Osiyo kubogini birgalikda o‘tkazish bo‘yicha nomzodlik taklifini yubordi. “Bugungi kunda qo‘shni mamlakatlar bilan birga O‘zbekiston ham nufuzli musobaqani qabul qilishga har tomonlama tayyor”, — deyiladi O‘FA xabarida.


Jahon

dayjest

Rossiya-Ukraina urushi boshlanganiga 3 yil to‘ldi: yo‘qotishlar va kelajakka umid

2022-yil 24-fevral: Hammasi ayni shu kunda boshlangandi — Rossiya Ukraina zaminida keng ko‘lamli urush ochdi. “Gazeta.uz” oradan uch yil o‘tarkan, kim nima yo‘qotgani (yoxud topgani), Ukraina va Rossiya qanday o‘zgarishlarga ro‘baro‘ kelgani haqida so‘z yuritadi.


dayjest

Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini qabul qildi. Ro‘yxatda O‘zbekistondan ham bir kompaniya bor

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 16-paketini ma’qulladi. Unga, xususan, Rossiyaning 8 ta OAVsini bloklash, RF mintaqaviy banklarini SWIFT `dan uzish va individual sanksiyalar kiritilgan. Shuningdek, 50 dan ortiq tashkilot, jumladan, O‘zbekiston kompaniyasi cheklovlar ostida qoldi.


dayjest

Germaniyadagi saylovlar: birinchi o‘rinda — XDI/XSI bloki, ikkinchi o‘rinda — “Germaniya uchun alternativa”

Germaniya Bundestagiga saylovlarda kansler lavozimiga asosiy da’vogar Fridrix Mers boshchiligidagi XDI/XSI konservativ bloki g‘alaba qozondi. Ikkinchi o‘rinda — o‘ta o‘ngchi “Germaniya uchun alternativa” partiyasi. Amaldagi kansler Olaf Shols partiyasi uchinchi bo‘ldi.


dayjest

“Tramp abadiy emas, tinchlik esa bizga ko‘p yillar kerak”. Zelenskiy — urush tugashi, AQSh bilan kelishuv va Ukrainadagi saylovlar haqida

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan urushning uch yilligi arafasida katta matbuot anjumani o‘tkazib, o‘z iste’fosi va yangi saylovlar ehtimoli, AQSh bilan mineral resurslar bo‘yicha kelishuv va Donald Trampning bayonotlari, shuningdek, xavfsizlik kafolatlari haqidagi savollarga javob berdi.


dayjest

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar paketini e’lon qildi

Buyuk Britaniya 2022-yildan beri Rossiyaga qarshi eng yirik sanksiyalar paketini e’lon qildi. Ro‘yxatga 67 ta yuridik va jismoniy shaxs, shuningdek, 40 ta kema kiritilgan. Ro‘yxatda avvalroq AQSh ham sanksiya kiritgan Qirg‘izistondagi “Keremet Bank” bor.


Bizni o‘qiyotganingiz uchun rahmat!