Samarqand shahri Mirzo Bedil mahallasida yashagan 20 yoshli qiz o‘zini yuqori qavatdan tashlab, joniga qasd qildi. Bosh prokuratura axborot xizmati holat yuzasidan “Gazeta.uz”ga ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea 19-fevral kuni soat 17:00 da sodir bo‘lgan. Qiz buvisining uyi derazasidan (9-qavat) o‘zini pastga tashlab, joniga qasd qilgan. BP ma’lumotiga ko‘ra, u voqea joyida halok bo‘lgan.
Hodisa joyi tergov tezkor guruhi tomonidan ko‘zdan kechirilib, marhum M.S.ning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Uning telefoni o‘rganish uchun Kiberxavfsizlik markaziga topshirilgan.
Hozirda mazkur xolat yuzasidan Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.