O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Bahodir Iso 69 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda uyushma matbuot xizmati.
Bahodir Iso 1956-yilda Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Do‘tir qishlog‘ida tug‘ilgan. U 1977-yilda Fargona pedagogika institutini tamomlagan. Marhum faoliyatini, asosan, adabiyot va san’atga bog‘lagan.
Uning she’rlari, dostonlari respublikaning qator matbuotlarida, kollektiv to‘plamlarda chop etilgan. Xususan, 1988-yilda nashr etilgan “Xayrli tun” she’riy to‘plami bilan muxlislarga yaxshi tanish.