Avtomobil 60 km/soat tezlikdagi to‘qnashuvda ajoyib xavfsizlik ko‘rsatkichlarini namoyish etdi: A, B, C ustunlar va eshiklar butun qolib, yo‘lovchilarga himoya muhitini ta’minladi. Zarbaga uchramagan tomondagi eshik muammosiz ochildi, xavfsizlik kamarlari esa odatdagidek ishladi. Xavfsizlik yostiqchalari bexato ishlab, zarbani samarali yumshatdi va yo‘lovchilarni himoya qildi. Yonilg‘i tizimi va akkumulyator shikastlanmadi, sizib chiqishlar bartaraf etildt va ikkilamchi xavflar minimallashtirildi. Bu omillar konstruksiyaning yuqori darajadagi xavfsizligini tasdiqlaydi.
Euro NCAP: avtomobil xavfsizligi etaloni
1997-yilda tashkil etilgan Euro NCAP (The European New Car Assessment Programme, inglizcha — “Yangi avtomobillarni baholash Yevropa dasturi”) avtomobil xavfsizligi sohasidagi nufuzli tashkilotlardan biri hisoblanadi. U yangi avtomobillarni qat’iy sinovdan o‘tkazadigan Yevropa davlat agentliklari va mustaqil ekspertlarni birlashtiradi. Ushbu sinov natijalari xaridorlar uchun muhim yo‘nalish bo‘lib xizmat qiladi va avtomobilsozlik sanoatida xavfsizlik standartlarini oshirishga yordam beradi.
Euro NCAP avtomobillarni to‘rtta asosiy mezon bo‘yicha baholaydi: kattalar himoyasi, bolalar himoyasi, yo‘l harakati zaif ishtirokchilarining xavfsizligi va faol xavfsizlik tizimlarining mavjudligi. Yon tomondan zarba berish testiga alohida e’tibor beriladi, chunki bunday avariyalar real sharoitlarda tez-tez uchrab turadi. Avtomobilning yon qismi kamroq bufer muhitiga ega bo‘lishi haydovchi va yo‘lovchilarning jiddiy jarohat olish xavfini oshiradi.
Chery Tiggo 9: yo‘lovchilarni maksimal darajada himoyalash
Tiggo 9 modeli 60 km/soat tezlikda bo‘lgan yon zarba sinovida 10 dona xavfsizlik yostiqchasi, mustahkam kuzov va E-CALL favqulodda xizmatlarni avtomatik chaqirish tizimi tufayli yuqori darajadagi xavfsizlikni namoyish etdi.
Xavfsizlik yostiqchalarining ilg‘or tizimi
To‘qnashuv paytida yon xavfsizlik yostiqchalari bir zumda ochilib, yo‘lovchilar va deformatsyalangan eshik o‘rtasida himoya to‘sig‘ini hosil qiladi. Bu ko‘krak qafasi, qorin va tosga tushadigan yuklamani kamaytiradi, qovurg‘alar sinishi, ichki a’zolar shikastlanishi kabi jiddiy jarohatlarning oldini oladi.
A ustundan C ustungacha cho‘zilgan yon xavfsizlik pardalari bir zumda old va orqa eshiklarning derazalarini yopib, yo‘lovchilarni oynaga urilishdan va sochilib chiqadigan parchalardan himoya qiladi. Bu, ayniqsa, bosh miya jarohatlarining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Ichki yon xavfsizlik yostig‘i — Chery Tiggo 9 ning o‘ziga xosligi
Bundan tashqari, Tiggo 9 ichki yon xavfsizlik yostiqchasi (far-side airbag) bilan jihozlangan. Yon tomondan zarba berilganida urilmagan tomondagi yo‘lovchilar inersiya ta’sirida avtomobil markaziga siljiydi. Ichki yon xavfsizlik yostiqchasi haydovchi va oldindagi yo‘lovchi to‘qnashuvining oldini oladi, yuz va oyoq-qo‘llarning shikastlanish xavfini kamaytiradi. Ushbu jihat Chery kompaniyasining xavfsizlik va har bir yo‘lovchiga g‘amxo‘rlik qilishga bo‘lgan e’tiborini ko‘rsatadi.
Mustahkam kuzov va E-CALL tizimi
Chery Tiggo 9 kuzovi 85 foiz yuqori mustahkam po‘latdan, shu jumladan, 21 foiz issiq shtamplangan po‘latdan tayyorlangan. Sinov paytida u zarba energiyasini samarali ravishda yutib va tarqatib, deformatsiyani minimallashtirdi va yo‘lovchilar uchun himoya maydonini saqlab qoldi.
To‘qnashuvdan so‘ng E-CALL tizimi avtomatik ravishda avtomobil koordinatalari ko‘rsatilgan signalni favqulod xizmatlarga yubordi. Bu qutqaruvchilarning harakatlanishini tezlashtiradi, yordam yetib kelish vaqtini qisqartiradi va qutqarib qolish imkoniyatini oshiradi.
Sinov natijalari: tasdiqlangan xavfsizlik
Euro NCAP sinovlari Chery Tiggo 9 ning yuqori darajadagi xavfsizligini tasdiqladi. Kuchli zarbadan keyin ham uning konstruksiyasi barqaror ravishda mustahkamligicha qoldi: ustunlar va eshiklar shikastlanmadi, xavfsizlik kamarlari odatdagidek ishladi va xavfsizlik yostiqchalari ishonchli himoyani ta’minladi. Yonilg‘i tizimi va akkumulyator butunligicha saqlanib, sizib chiqish va yong‘in xavfi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymadi.
Mustahkam kuzov, ilg‘or xavfsizlik yostiqlari tizimi va intelektual texnologiyalarning uyg‘unligi Tiggo 9 ni xavfsizlik etaloniga aylantiradi. U jahonning 5 yulduzli standartlariga javob beradi va haydovchilar hamda yo‘lovchilarni maksimal darajada himoya qiladi.
Kelajakka bo‘lgan nigoh
Euro NCAP sinovlari — Tiggo 9 xavfsizligini yaxshilash yo‘lidagi yana bir bosqich. Chery haydovchilar va yo‘lovchilarga maksimal qulaylik va himoyani ta’minlagan holda ilg‘or texnologiyalarni rivojlantirishda davom etadi. O‘zining ajoyib xususiyatlari tufayli Tiggo 9 avtomobil xavfsizligining yangi standartlarini belgilamoqda va o‘z turkumidagi ishonchli avtomobillardan biri sifatidagi mavqeini mustahkamlab bormoqda.
O‘zbekistondagi Chery avtomobil brendining rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan Chery avtomobillarining xususiyatlari, mavjud komplektatsiyalari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.
Telefon: (+998) 71−276−55−55.
Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: @cheryuzbekistan
Reklama huquqlari asosida.