Botir Bahromovich Qudratxo‘jayev favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi. Bu haqdagi qarorni prezident Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar qildi uning matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Botir Qudratxo‘jayev 2022-yilning noyabridan buyon bosh prokuror o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Bungacha 2020-yildan Xorazm viloyati prokurori, 2017-yildan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori, 2016−2017-yillarda Toshkent shahri prokurori, 2014−2016-yillarda Surxondaryo viloyati prokurori lavozimlarida ishlagan.
FVVning avvalgi rahbari bu lavozimga 2022-yil mart oyida tayinlangan Abdulla Hamidullayevich Qo‘ldoshev edi.