Migratsiya agentligi Germaniyaning PersonaFAIRmittlung tashkiloti bilan hamkorlikda avtobus haydovchilari uchun ish o‘rinlarini taklif etmoqda, deya xabar berdi agentlikning Telegram`dagi “Xorijda ish” e’lonlar kanali.

Ish o‘rinlari 300 ta bo‘lib, qabul qilingan nomzodlarga 3000 yevrodan to‘lanadi (soliqlar ushlab qolingandan so‘ng 2000 yevro atrofida).

Nomzodlar 23−43 yosh oralig‘ida, B, S haydovchilik guvohnomasiga va nemis tilidan A2 yoki B1 daraja xalqaro til sertifikatga ega bo‘lishlari, sudlanmagan va jismonan sog‘lom bo‘lishlari talab etiladi.

Tanlab olinganlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • viza rasmiylashtirish;
  • aviachipta;
  • aeroportdan ish joyigacha transfer.

Nomzodlarga Germaniyaga jo‘nab ketish oldidan (viza jarayoni boshlanganda 1 oy) SBH West tashkiloti ko‘magida “Vatanparvar” markazida kasbiy nemis tili o‘qitiladi va qayta tayyorlov kurslari o‘tkaziladi.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Murojaat uchun Migratsiya agentligining telefon raqami: 71−202−33−55 (qisqa raqam 1282).