Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachilar bolani stulga skotchlab qo‘ydi. Poytaxt MMTB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, holat 21-fevral kuni “First Daycare” bog‘chasida sodir bo‘lgan. Tarbiyachi uning yordamchisi ovqat yemagani uchun tarbiyalanuvchini skotchlab qo‘ygan.
Tashkilot ma’muriyati tarbiyachilar S.A. va X.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilgan va ularni ishdan bo‘shatgan, deyiladi boshqarma axborotida.
Qayd etilishicha, ayni paytda ushbu holat yuzasidan huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.