G‘olib Ne’matovich Murodov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

25-fevral kuni xalq deputatlari Muborak tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar G‘olib Murodov nomzodini hokim lavozimiga tasdiqladi.

U 1981-yil Mirishkor tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat agrar universiteti va Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar u “Hududgazta’minot”ning Qashqadaryo filiali direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tumanning avvalgi hokimi 2023-yil noyabrida tayinlangan Muxtor Hayitmuradov edi.