Ayrim notarial xizmatlar uchun komissiya miqdori oshirildi. Bu haqda Norma xabar qildi.
Adliya vazirining 20-fevral kungi buyrug‘i bilan notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Xususan, quyidagi xizmatlar uchun komissiya to‘lovlari miqdori oshirildi:
a) ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish bo‘yicha maslahat berish, shuningdek, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlash — BHMning 10 foizidan 15 foizigacha;
b) notarial tasdiqlangan shartnomalarni tayyorlash:
- ko‘chmas mulkni o‘tkazish bo‘yicha — BHMning 20 foizidan 30 foizigacha;
- garov (ipoteka) va lizing (jismoniy shaxslar uchun yoki bir tomoni jismoniy shaxs bo‘lsa) — BHMning 15 foizidan 25 foizigacha.
Notariuslar tomonidan bajariladigan qo‘shimcha yuridik va texnik harakatlar uchun undiriladigan boshqa komissiya to‘lovlari miqdorlari bu yerda.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19-fevraldan kuchga kirdi.