O‘zbekistonda Changan va uning subbrendlari Deepal va Changan Nevo’ning rasmiy distribyutori bo‘lgan Runking Motor Co. Ltd. o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash maqsadida Central Asia Motors Co. (CMG) bilan Changan avtomobillarini O‘zbekistonda ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish bo‘yicha strategik kelishuv imzoladi. Ushbu hamkorlik mamlakat avtomobil sanoatini rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib, sanoat o‘sishi va model qatorini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadi.

runking motor, реклама

Kelishuv doirasida O‘zbekiston hududida Changan’ning asosiy, jumladan, Deepal S07, S05, Changan Nevo Q05 va A05 modellarini ishlab chiqarish tashkil etiladi. Ushbu loyiha zamonaviy va yuqori texnologiyali avtomobillarni o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun yanada qulay qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

runking motor, реклама

“Ushbu kelishuvni imzolash kompaniyamiz va butun O‘zbekiston avtomobil bozorida muhim bosqichdir. Biz O‘zbekistonning sanoat rivojlanishiga o‘z hissamizni qo‘shish va mijozlarimizga jahon standartlarga javob beradigan avtomobillarni taklif qilishdan faxrlanamiz”, — dedi Runking Motor Co. Ltd. vakili.

runking motor, реклама

Zamonaviy ishlab chiqarish salohiyati va avtomobil ishlab chiqarish sohasida yuqori tajribaga ega CMG bilan hamkorlik natijasida Changan avtomobillari xalqaro sifat standartlariga mos ravishda ishlab chiqariladi. Uzoq muddatli hamkorlik brendning mintaqadagi mavqeini mustahkamlash va mintaqa bozorida obro‘sini oshirish imkoniyatini yaratadi.

runking motor, реклама

Mazkur kelishuv O‘zbekistonning Changan uchun strategik ahamiyatini tasdiqlaydi va kompaniyaning mahalliy ishlab chiqarishni, texnologiyalarni va avtomobil sanoati uchun ilg‘or yechimlarni rivojlantirishga sarmoya kiritish istagini ko‘rsatadi. Mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish o‘zbekistonlik iste’molchilar uchun avtomobillarni xarid qilishni yanada qulay qiladi va umuman mazkur sanoatning rivojlanishi uchun yangi istiqbollarni ochadi.

Runking Motor Co. Ltd. haqida

Runking Motor Co. Ltd. O‘zbekiston hududida Changan’ning rasmiy distribyutori bo‘lib, butun respublika bo‘ylab dilerlik tarmog‘ini faol rivojlantirmoqda. Kompaniya Deepal va Changan Nevo avtomobillarining keng assortimentini taklif etadi hamda mijozlariga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish, kafolatli qo‘llab-quvvatlash va xalqaro darajadagi servisni ta’minlaydi.

runking motor, реклама

CMG (Central Asia Motors Co.) haqida

CMG — O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqarish va yig‘ish bo‘yicha yetakchi sanoat holdingi. Kompaniya zamonaviy ishlab chiqarish salohiyatiga va yuqori sifatli mahsulot chiqarishni ta’minlaydigan sertifikatlangan texnologiyalarga ega.

runking motor, реклама

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Runking Motor Co. Ltd. yoki CMG vakillari bilan rasmiy aloqa kanallari orqali bog‘lanish orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.