Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni tarixda ilk bor uch tomonlama sammit o‘tkazadi. Bu haqda Jenevada bo‘lib o‘tgan BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 58-sessiyasining yuqori darajadagi uchrashuvida Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Edil Baysalov ma’lum qildi.

“Baysalov 31-mart kuni Xo‘jandda (Tojikiston) mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladigan Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlarining tarixda birinchi uch tomonlama sammiti o‘tkazilishini e’lon qildi”, — deyiladi xabarda.

тожикистон, uch tomonlama sammit, қирғизистон

Uning so‘zlariga ko‘ra, sammit mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ladi.

Bosh vazir o‘rinbosari, shuningdek, 21-fevral kuni Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasida ikki davlat chegarasini delimitatsiya qilish bo‘yicha imzolangan kelishuvga e’tibor qaratdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea “diplomatiya va siyosiy irodaning tarixiy g‘alabasi” bo‘ldi. “Biz eng murakkab masalalarni ham muloqot, o‘zaro hurmat va ishonch orqali hal qilish mumkinligini isbotladik”, — dedi Baysalov.