Koronavirus

Tuman va shaharlar karantin darajasiga ko‘ra ajratiladi
5 may 2020, 23:11

Tuman va shaharlar karantin darajasiga ko‘ra ajratiladi

Har bir tuman va shahar sanitariya-epidemiologik vaziyatga qarab “qizil”, “sariq” yoki “yashil” hududlarga ajratiladi.

Stikerlar bekor qilinadi, ayrim xizmat ko‘rsatish subyektlariga ishlashga ruxsat beriladi
5 may 2020, 20:39

Stikerlar bekor qilinadi, ayrim xizmat ko‘rsatish subyektlariga ishlashga ruxsat beriladi

Epidemiologik vaziyat yaxshi bo‘lgan hududlarda, sanitariya talablarini belgilagan holda, nooziq-ovqat do‘konlari, tibbiy diagnostika, taksi xizmati, ta’mirlash, tikuvchilik, maishiy texnika va poyabzal tuzatish, sartaroshxonalar faoliyatiga ruxsat beriladi. Shuningdek, stikerlar bekor qilinib, shaxsiy avtomobillardan foydalanish mumkin bo‘ladi.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1500 nafardan oshdi
5 may 2020, 19:33

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1500 nafardan oshdi

Kun davomida 96 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Mamlakat bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 1501 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni 2200 tadan oshdi
5 may 2020, 17:30

Koronavirus holatlari soni 2200 tadan oshdi

O‘zbekistonda COVID-19 tasdiqlangan holatlar 15 taga ko‘payib, 2204 taga yetdi.

Pandemiya sharoitida fors-major
5 may 2020, 13:55

Pandemiya sharoitida fors-major

Qanday qilib tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirish paytida yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini isbotlay oladi va fors-major holatlarida majburiyatlarni bajarmasa bo‘ladimi? Koronavirus pandemiyasi munosabati bilan tadbirkorlik sub’ektlari uchun eslatma.

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi
5 may 2020, 10:21

Koronavirus bilan kasallanish holatlari soni o‘zgarishsiz qoldi

Koronavirus infeksiyasi aniqlangan holatlar soni o‘zgarishsiz qoldi — 2189 nafar bemor. Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 774 kishi davolanmoqda, 10 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Mamlakat bo‘ylab 335 mingta test sinovlari o‘tkazilgan.

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400 nafardan oshdi
4 may 2020, 21:00

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 1400 nafardan oshdi

Kun davomida 86 nafar koronavirus bemori to‘liq sog‘ayib, jami tuzalganlar soni 1405 nafarga yetdi.

Andijonda 3750 ta tadbirkorlik subyektiga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi
4 may 2020, 18:31

Andijonda 3750 ta tadbirkorlik subyektiga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi

Andijon viloyatida 3750 ta tadbirkorlik subyekti, jumladan mehmonxonalar, taksi yo‘nalishliari, sartaroshxona va go‘zallik salonlariga faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bunda karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilinishi shart.

Belarusda G‘alaba paradi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
4 may 2020, 17:44

Belarusda G‘alaba paradi bekor qilinmaydigan bo‘ldi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda 9 may kuni G‘alabaning 75 yilligi sharafiga uyushtiriladigan parad bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. U parad, epidemiolog va virusologlar nuqtai nazariga ko‘ra, eng xavfli voqea emasligini ta’kidladi.

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2181 nafarga yetdi
4 may 2020, 16:05

Koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 2181 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni yana 21 nafarga ortib, jami 2181 kishini tashkil etmoqda. Kun davomida COVID-19 holatlari soni 32 taga oshdi.

Pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish uchun o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi
4 may 2020, 14:29

Pandemiyadan so‘ng iqtisodiy tiklanish uchun o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi

Markaziy bank karantin davri tugaganidan so‘ng iqtisodiy tiklanish qancha davom etishi mumkinligi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganib chiqdi. Unga ko‘ra, pandemiyadan eng ko‘p zarar ko‘rgan sohalarni tiklashga o‘rtacha 3−12 oy kerak bo‘ladi. Bunda, turizm, xizmatlar va chakana savdo hamda yo‘lovchi tashish sohalarida iqtisodiy faollik nisbatan sekin tiklanishi kutilmoqda.

Navoiyda barcha koronavirus bemorlari tuzaldi
4 may 2020, 13:50

Navoiyda barcha koronavirus bemorlari tuzaldi

Navoiy viloyatida aniqlangan koronavirus bemorlarining barchasi to‘liq sog‘aydi, Farg‘onada 8 nafar bemor tuzaldi. O‘zbekiston bo‘ylab koronavirusdan tuzalganlar soni 1328 nafarga yetdi.

Markaziy bank: 2020 yilda YAIMning o‘sishi 1,5 foizga tushadi
4 may 2020, 12:48

Markaziy bank: 2020 yilda YAIMning o‘sishi 1,5 foizga tushadi

Markaziy bank koronavirus pandemiyasi sababli 2020 yilda mamlakat yalpi ichki maxsulotining o‘sish sur’atlari ko‘zlangan 5,2−5,5 foizdan 1,5−2,5 foizgacha pasayishini kutmoqda. Shuningdek, transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30−35 foizga qisqarishi prognoz qilinmoqda.

Koronavirus bemorlari soni 2160 nafarga yetdi
4 may 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 2160 nafarga yetdi

Koronavirus bemorlari soni 11 nafarga ortib, jami 2160 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 830 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda. Laboratoriyalarda 325 mingta test sinovlari o‘tkazildi.

Koronavirus holatlari soni 2149 taga yetdi
3 may 2020, 23:13

Koronavirus holatlari soni 2149 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2149 taga yetdi. Kun davomida 31 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi.

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi
3 may 2020, 16:15

Yana bir koronavirus bemori vafot etdi

Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. COVID-19 tufayli vafot etganlar soni 10 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi
3 may 2020, 15:35

Koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi

O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2136 taga yetdi.

Koronavirus: yangi holatlar — 27 taga, sog‘ayganlar — 59 kishiga oshdi
2 may 2020, 19:41

Koronavirus: yangi holatlar — 27 taga, sog‘ayganlar — 59 kishiga oshdi

2 aprel kuni O‘zbekistonda jami 27 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi. 59 kishi sog‘ayib, tuzalganlar soni 1271 nafarga yetdi.

Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi — YHXBB
2 may 2020, 00:54 1

Taksilarga yo‘lovchi tashish uchun ruxsat berilmadi — YHXBB

Taksilarga hozircha yo‘lovchi tashishga ruxsat berilgani yo‘q, deya xabar bermoqda IIV YHXBB. Ular hozircha faqat yetkazib berish xizmati bilan shug‘ullanishlari mumkin xolos.

Koronavirus holatlari soni 2086 taga yetdi
1 may 2020, 23:52

Koronavirus holatlari soni 2086 taga yetdi

Bir kunda O‘zbekistonda koronavirus holatlari soni 47 taga ko‘payib, 2086 taga yetdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting