10 aprel kuni koronavirus infeksiyasi aniqlangan homilador ayol 1 may kuni poytaxtdagi 3-son tug‘ruq kompleksida farzandini dunyoga keltirdi.
Koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 29 nafarga ko‘payib, jami 2075 kishiga yetdi.
Turkiya O‘zbekistonga shifokorlar uchun 5000 komplekt shaxsiy himoya vositalari: kombenzonlar, ko‘zoynaklar, niqob, qo‘lqop va baxillalar taqdim etdi.
Jahon banki O‘zbekistonga koronavirus pandemiyasi oqibatlarini yumshatish uchun qo‘shimcha 200 mln dollar ajratadi. Mablag‘lar sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlashga, shuningdek, iqtisodiy tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
Koronavirus bemorlari soni 7 nafarga ortib, jami 2046 kishini tashkil etmoqda. Respublikada infeksiyadan 904 kishi davolanmoqda, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir va 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanmoqda.
Yana 22 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlanib, jami COVID-19 holatlar 2039 taga yetdi. Kun davomida 37 kishi infeksiya aniqlandi, xuddi shuncha odam kasallikdan butkul xalos bo‘ldi.
O‘zbekistonda 37 nafar bemor koronavirusdan tuzalib, mamlakat bo‘ylab infeksiyadan butunlay sog‘ayganlar soni 1133 nafarga yetdi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus bilan kasallandi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov uning vazifasini bajarib turadi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasidan 6 nafar, shahar 3-sonli tug‘ruq majmuasidan 1 nafar bemor, jami 7 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami 1103 nafar bemor to‘liq shifo topdi.
Tojikistonda ilk bor koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq 15 ta holat aniqlandi. Mamlakat bosh vaziri raisligidagi COVID-19 tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika shtabi aholi tibbiy niqoblardan foydalanishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qildi.
“Coca-Cola” jamg‘armasi O‘zbekistonda COVID-19 virusiga qarshi chora-tadbirlar uchun 200 ming dollarlik grant ajratdi. Insonparvarlik yordami doirasida O‘zbekistonga nafas oldirish va boshqa tibbiy uskunalar taqdim qilinadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yuqori darajadagi mutaxassislari texnik yordam ko‘rsatish maqsadida Markaziy Osiyo davlatlariga tashrif buyurishadi.
Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov nima sababdan karantindagilar soni o‘zgarmayotganiga izoh berdi. “Har kuni davlatimizga xorijdan 500−600 fuqaro kirib kelyapti. Ularning barchasi karantinga joylashtirilmoqda”, — dedi u.
Karantin choralarining yumshatilishi taksi xizmatlariga ham taalluqli. Bunda, ular karantin tadbirlariga qat’iy rioya qilgan holda va kunning ma’lum vaqtlarida yo‘lovchilarni tashishlari mumkin.
Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 2017 kishini tashkil etmoqda.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 2000 talik chegaradan oshdi.
30 aprel soat 06:00 dan boshlab ayrim karantin choralari yumshatilmoqda. Fuqarolar 07:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00dan 20:00 ga qadar shaxsiy va xizmat yengil avtotransportlaridan foydalanishlari mumkin. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchi tadbirkorlar barcha turdagi yengil avtotransport vositalarida hududlararo harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Toshkent shahridan bo‘lgan 61 yoshli koronavirus bemori o‘tkir respirator disstres sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. O‘zbekistonda vafot etgan koronavirus bemorlari soni 9 kishiga yetdi.
Shavkat Mirziyoyev dehqon va fermerlarga viloyatlar va tumanlar o‘rtasida harakatlanishga ruxsat berishni topshirdi. IIV ularning avtomobillarini postlarda kutib olib, yarmarka va savdo nuqtalariga qadar kuzatib boradi. Prezident vaziyat yaxshilanishi bilan 10 maydan so‘ng karantin bosqichma-bosqich yumshatilishini ma’lum qildi.
Fuqarolarga shaxsiy avtomobillaridan ertalab 7:00 dan 10:00 gacha hamda 17:00 dan 20:00 gacha foydalanishga ruxsat beriladi. Ota-onalarga farzandlari bilan o‘z uy atrofida sayr qilishlariga ham ruxsat beriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting