Koronavirus epidemiyasi sababli bolalar o‘yin zallari, diskoteka va diskobarlar, massaj salonlari faoliyati to‘xtatiladi.
Toshkent hayvonot bog‘i karantin sababli vaqtinchalik yopildi. Botanika bog‘i esa hali faoliyat yuritmoqda.
Rossiyada koronavirus aniqlangan bemorlar orasida birinchi o‘lim holati qayd etildi. Operativ shtab uning o‘limiga koronavirus sabab bo‘lmaganini ma’lum qildi.
RSHTYOIM shifokorlardan biri o‘zida koronavirus alomatlari borligidan shubha qilgani bois u ishlayotgan bo‘lim ma’lum muddat yopildi. 1-klinik shifoxona esa Turkiyaga borganini yashirgan bemorda virus tasdiqlangani uchun karantinga olindi.
Toshkentda yo‘lovchi oqimi keskin kamaygan vaqtlarda atvobuslar harakati oraliq intervallari uzaytirilmoqda.
Yana besh kishi — Parijdan kelgan ayolning uch qarindoshi, Istanbul va Londondan kelgan ikki yo‘lovchida koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 23 taga yetdi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesusning e’lon qilishicha, olimlar COVID-19 koronavirusiga qarshi ilk vaksina sinovlarini boshlab yubordi.
Misrdan O‘zbekistonga olib kelingan 181 nafar fuqaro Karmana tumanidagi NKMK sanatoriyasiga karantinga joylashtirildi.
Yana uch kishi — Parijdan qaytgan ayolning onasi, kelini va hamkasbida ham koronavirus tasdiqlandi. Aniqlangan holatlar soni 18 taga yetdi.
O‘zbekiston prezidenti neft narxining pasayishi, xorij valyutalarining qadrsizlanishi, xorijiy turistlar sonining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini bildirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 mart kuni mahalla va oila masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishining boshida koronavirus muammosiga to‘xtalib o‘tdi.
“O‘zbekkino” yaqin ikki haftada premyerasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan 30 ta yangi filmni telekanallarga bepul taqdim etdi. Filmlar Navro‘z bayrami kunlari namoyish etiladi.
Istanbuldan kelgan fuqaroning turmush o‘rtog‘i va Londondan kelgan yana bir fuqaroda koronavirus aniqlandi. Infeksiyani yuqtirganlar soni 15 nafarga yetdi.
Qonunchilik palatasidagi yig‘ilishlar hamda aprelda o‘tkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi. Deputatlar o‘z ishlarini davom ettiradi, qonun loyihalari messenjerlar orqali muhokama qilinmoqda.
O‘zbekistonda barcha ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat barqaror holatga kelgunga qadar vaqtincha to‘xtatiladi.
AQSH O‘zbekistonga koronavirusga qarshi ikkinchi xayriya yordami sifatida qo‘lqop, niqob, xalat va ko‘zoynaklardan iborat shaxsiy himoya vositalarini topshirdi. Ular butun O‘zbekiston bo‘ylab viloyat markazlari va shaharlarda tarqatiladi.
O‘zbekiston bosh davlat sanitariya vrachi qarori bilan bemorni ko‘rgani kelganlar shifoxonaga kiritilmaydi, bemorlarning tibbiy xodimlardan tashqari boshqalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilishi taqiqlandi, davolash-profilaktika muassasalari IIO xodimlari tomonidan kunu tun qo‘riqlanadi.
O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 nafarga yetdi. Istanbuldan kelgan fuqaroda va Londonda bo‘lib qaytgan fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.
Qirg‘izistonda ilk bor koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Umra safaridan qaytgan uch fuqaroda virus aniqlandi.
Dubaydan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Virus yuqtirganlar soni 11 kishiga yetdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting