4 aprel soat 18:00dan boshlab avtomobillar harakatlanishi uchun stikerlar olish bo‘yicha arizalar qabuli vaqtincha to‘xtatildi. Qabul 6 aprel 18:00 dan qayta tiklanishi kutilmoqda.
O‘zbekistonda koronavirus bemorlari soni 22 taga oshib, 263 nafarni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari e’lon qilinganidan boshlab 25 mingdan ortiq qoidabuzarlik holatlari aniqlangan. Aksariyat holatlarda himoya niqoblari taqmaslik uchun fuqarolar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva, senat a’zolari va devoni xodimlari koronavirusga test topshirishgan.
5 apreldan boshlab Toshkent shahrida velosipedlarda harakatlanish haqidagi xabar Ichki ishlar vazirligi tomonidan rasman rad etildi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 241 nafarga yetdi.
O‘zbekistonda COVID-19 koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan holatlar soni 227 taga yetdi.
Toshkentda foydalanilgan niqob, qo‘lqop va boshqa koronavirusdan himoya vositalarini tashlash uchun maxsus konteynerlarni o‘rnatish boshlandi. Zararlanish xavfi bo‘lgani uchun tibbiy chiqindilarni maishiy chiqindilar bilan aralashtirmaslik kerak.
O‘zbekistonda yana 120 mingdan ziyod kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi. Shuningdek, karantin davrida uy sharoitida rivojlantirish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari yanada qo‘llab-quvvatlanadi.
Turizm sohasidagi tadbirkorlar yer-mulk soliqlaridan ozod etiladi, YATTlarga daromad solig‘i va ijtimoiy soliqni hisoblash to‘xtatiladi, 2 trillion so‘mlik kredit majburiyati muddati uzaytiriladi — koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha prezident farmoni.
Karantin sababli O‘zbekistondagi bir qator tijorat banklari o‘z mijozlari uchun kredit to‘lov ta’tillari va boshqa qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim qila boshladi. Hozirda bunday banklar soni 15 taga yetdi.
Kurerlik bilan shug‘ullanuvchi bir qancha kompaniya va umumiy ovqatlanish korxonalari avtomobillar uchun stiker ololmayotganidan shikoyat qildi. Davlat xizmatlari agentligi esa hujjat topshiruvchilarning xatolari, ijtimoiy tarmoqlardagi bosimlar haqida ma’lum qildi.
OTB prognoziga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida hamda tabiiy gaz va misga bo‘lgan narxlarning pasayishi tufayli 2020 yilda O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi sekinlashadi. YAIM o‘sishi 4,7 foizni tashkil etishi kutilmoqda.
Yaponiyadagi vatandoshlar O‘zbekistonga gumanitar yordam sifatida 13 ta ko‘p funksiyali maxsus tibbiyot karavotlarini jo‘natdi.
O‘zbekistonda karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog‘liq jami 22286 ta holat aniqlandi. Bir kun davomida eng ko‘p qoidabuzarlik Qashqadaryo viloyati (+390), Toshkent shahri (+344) va Farg‘ona viloyatida (+250) qayd etildi.
Jahon banki Afg‘onistonga COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash uchun 100,4 million dollarlik grantni ma’qulladi. Bundan tashqari, Tojikiston va Qirg‘izistonga mos ravishda 11,3 va 12,15 million dollar ajratiladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 16 kishi oshib, 221 nafarni tashkil etmoqda. 17 nafar bemorda pnevmoniya belgilari kuzatilgan, 4 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafari nisbatan og‘ir.
O‘zbekistonda tasdiqlangan koronavirus holatlari soni 15 taga ko‘payib, jami 205 taga yetdi.
AQSH hukumati keng qamrovli tahlil o‘tkazish uchun laboratoriya tizimlarini yaratish, tibbiyot muassasalarida infeksiyalar profilaktikasi va nazorati, epidemiologik nazoratni yaxshilash hamda koronavirus haqidagi dezinformatsiyaga qarshi kurashda O‘zbekistonga ko‘maklashadi. Ushbu tadbirlar uchun O‘zbekistonga 848 ming dollar ajratiladi.
2 aprel kuni O‘sh viloyatiga O‘zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yuklari yetib bordi. Qirg‘iziston bosh vaziri O‘zbekiston hukumatiga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting