Madaniyat

Toshkentdagi xalqaro simpoziumda yaratilgan 20 dan ortiq haykal shahar bog‘lariga joylashtiriladi
9 sentabr 2024, 14:39

Toshkentdagi xalqaro simpoziumda yaratilgan 20 dan ortiq haykal shahar bog‘lariga joylashtiriladi

Toshkentda o‘tgan Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumida 15 ta davlatdan 27 haykaltarosh ishtirok etdi. Bir oy davomida ular global ekologik muammolarni aks ettiruvchi 20 dan ortiq haykalni yaratdi. Ular Toshkent shahridagi istirohat bog‘lari va sayyohlik markazlariga o‘rnatiladi.

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi
9 sentabr 2024, 09:39

Taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Musaxon Nurmatov 56 yoshida vafot etdi. U “Yana sog‘indim, yana”, “Meni sevib qolsayding”, “Xabaring yo‘q” kabi qo‘shiqlar muallifi edi.

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi
3 sentabr 2024, 10:21

Mashhur rassom Vladimir Burmakin vafot etdi

Taniqli rassom Vladimir Burmakin 87 yoshida vafot etdi. U ko‘plab jahonga mashhur suratlar (jumladan, “Boysun madonnasi”) va Toshkentdagi monumental pannolar (“Paxtakor” metro bekati, “Xalqlar do‘stligi” saroyi va boshqalar) muallifi hisoblanadi.

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi
3 sentabr 2024, 09:11

Anqarada Alisher Navoiy haykali ochildi

Anqara shahrining Kechio‘ren tumanida Alisher Navoiy haykali ochildi. Bungacha shoir haykali dunyoning 10 ga yaqin shahrida o‘rnatilgan.

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi
3 sentabr 2024, 06:55

O‘zbekiston xalq artisti Bobomurod Hamdamov vafot etdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Bobomurod Hamdamov 84 yoshida vafot etdi.

O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash markaziga a’zo bo‘ldi
30 avgust 2024, 22:41

O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash markaziga a’zo bo‘ldi

O‘zbekiston Madaniy boyliklarni asrash va tiklash xalqaro tadqiqot markazining (IKKROM) 138-a'zosi bo‘ldi.

Chinni paxtaning vatani. Paxtagulli idishlar qayerda va qanday tayyorlanadi?
30 avgust 2024, 21:05

Chinni paxtaning vatani. Paxtagulli idishlar qayerda va qanday tayyorlanadi?

“Paxtagul” — o‘zbek idishlarining eng taniqli brendi bo‘lib, asli Toshkentda paydo bo‘lgan. Chinni servizlarda ochilgan paxta chanoqlari, 70 yilki, dasturxonlarni bezaydi. Paxta naqshi “tug‘ilishi”, ommalashuvi va qanday tayyorlanishi tarixi — “Gazeta.uz” materialida.

“Sharq taronalari” festivali g‘oliblari aniqlandi. Fotoreportaj
30 avgust 2024, 17:36

“Sharq taronalari” festivali g‘oliblari aniqlandi. Fotoreportaj

Samarqandda yakunlangan “Sharq taronalari” festivalining Gran-prisini Ozarbayjonning “Semurg” jamoasi qo‘lga kiritdi va 10 ming dollar bilan taqdirlandi. Oltita davlat ijodkorlari esa turli o‘rinlarga loyiq ko‘rildi. Tadbir yakuni — “Gazeta.uz” fotoreportajida.

Navoiyda 150 o‘rinli yangi o‘tov oromgohi foydalanishga topshirildi
30 avgust 2024, 12:57

Navoiyda 150 o‘rinli yangi o‘tov oromgohi foydalanishga topshirildi

Konimex tumanida O‘zbekistondagi ilk safari turizm klasteri ko‘rinishidagi o‘tov oromgohi ochildi. Unda sig‘imi 150 o‘ringa mo‘ljallangan 30 ta o‘tov mavjud bo‘lib, u bir vaqtning o‘zida 500 nafar sayyohga xizmat ko‘rsatishi mumkin.

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov
28 avgust 2024, 19:58 1

“Festivallar o‘tkazish ko‘chani asfalt qilishdan muhimroq” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri “Maqom”, “Baxshichilik”, “Sharq taronalari” kabi festivallarning ahamiyatiga to‘xtalib, inson madaniyatiga tahdid bostirib kelayotganini aytdi. “Bu muammoga qarshi kurashish bitta ko‘chani asfalt qilgandan muhimroq. Festivallar inson kelajagini asrab qolishda muhim”, — dedi Ozodbek Nazarbekov.

Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali
28 avgust 2024, 10:21

Foto: Samarqandda o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivali

Registon maydonida o‘tayotgan “Sharq taronalari” festivalida 80 ga yaqin davlatdan 300 dan ziyod vakil qatnashmoqda. 27-avgust kuni 14 ta mamlakat ishtirokchilari ko‘rik-tanlov doirasida chiqish qildi. “Gazeta.uz” tadbirning ikkinchi kunidan fotoreportaj tayyorladi.

Farrux Zokirov “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi
23 avgust 2024, 17:00

Farrux Zokirov “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

“Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, ozarbayjonlik san’atkor Po‘lat Bulbul o‘g‘li esa “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi. “Buni nafaqat menga, balki xalqimizga ham ko‘rsatilgan hurmat deb bilaman”, — dedi Farrux Zokirov.

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
23 avgust 2024, 13:34

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi
19 avgust 2024, 16:35

Qozoq milliy drama teatri O‘zbekistonga gastrol safari bilan keladi

2−4-sentabr kunlari Muxtor Auezov nomidagi Qozoq milliy drama teatri Toshkentdagi Davlat musiqali komediya teatrida (operetta) chiqish qiladi. 6-sentabrdan 8-sentabrgacha esa ular Nukusdagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida gastrol safarlari bilan ishtirok etadi.

“Toshkent sirkini xususiy boshqaruvga berish kerak” — Ozodbek Nazarbekov
18 avgust 2024, 09:27

“Toshkent sirkini xususiy boshqaruvga berish kerak” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Toshkent davlat sirkini xususiy boshqaruvga berish va hayvonlarsiz ham tomosha ko‘rsata oladigan mexanizmni ishlab chiqish kerakligini aytdi. “Davlat uchun sirkdagi bitta hayvonni boqish bir insonni boqishdan qimmatga tushmoqda”, — degan Ozodbek Nazarbekov sirkka oid rejalarni sanadi.

“Malomat qilaversangiz, uyimni sotib bo‘lsa ham, shu pulni beraman”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m haqida
17 avgust 2024, 12:02

“Malomat qilaversangiz, uyimni sotib bo‘lsa ham, shu pulni beraman”. Ozodbek Nazarbekov — “Ovoz” loyihasiga sarflangan 2 mlrd so‘m haqida

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov “Ovoz” teleloyihasi uchun davlat budjetidan ajratilgan salkam 2 mlrd so‘m haqida yana fikr bildirib, loyiha O‘zbekiston imijiga xizmat qilayotganini aytdi. “Agar hadeb malomat qilaversalaringiz, shu pulni oxiri uyimni sotib bo‘lsa ham beraman”, — dedi u.

“Sharq taronalari” festivali Registon maydonida o‘tadigan bo‘ldi
16 avgust 2024, 16:32

“Sharq taronalari” festivali Registon maydonida o‘tadigan bo‘ldi

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali yangi lokatsiya — “Boqiy shahar” majmuasida o‘tkazilishi aytilgandi. Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov festivalning asl brendi Registon maydoni ekanini ta’kidlab, shu hududda o‘tkazish fikriga qaytilganini ma’lum qildi.

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”
9 avgust 2024, 19:35

O‘zbekcha YouTube — 2024-yil iyulida: Behzod Hoshimov va “Anjanliklar keldi”, 1000 ta kitob va “Kino ko‘rdim”

“Gazeta.uz” tahririyati YouTube’dagi o‘zbekistonlik mualliflar tomonidan tayyorlanayotgan kontentning oyma-oy sarhisobini berishda davom etadi. Iyul oyidagi ro‘yxatdan avvalgi sarhisoblarda bo‘lmagan yangi loyihalar o‘rin oldi, ba’zilarida esa o‘zgarish kuzatildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-avgust)
9 avgust 2024, 14:59

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (10−11-avgust)

“Borderlends” va yana uchta kinopremyera, ochiq osmon ostidagi filmlar namoyishi, kutubxonadagi ma’rifiy dasturlar, yarmarkalar, ko‘rgazmalar, bolalar uchun spektakllar, mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Oradan 5 yil o‘tib, yana “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi
6 avgust 2024, 18:09

Oradan 5 yil o‘tib, yana “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Bu gal tadbirlar Registon maydonida emas, “Boqiy shahar” majmuasida tashkil etiladi. Unda 70 ga yaqin mamlakatdan vakillar qatnashishi kutilmoqda. Festival oxirgi marta 2019-yilda o‘tkazilgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting