Saylov yakunlari bo‘yicha O‘zLiDeP Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinlarni saqlab qoldi. Keyingi o‘rinlarni «Milliy tiklanish», «Adolat», XDP va Ekopartiya egalladi.
Ertaga O‘zbekistonning 25 ta saylov okrugida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar uchun takroriy ovoz berish o‘tkaziladi.
Markaziy saylov komissiyasi xalqaro kuzatuvchilarning xulosalari va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishda hisobga olinishini ma’lum qildi. 2020 yil yozgacha MSK bo‘lib o‘tgan saylovlar yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi uchta okrugda bayonnomalarda arifmetik xatolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Takroriy saylovlar avval xabar qilinganidek 22 ta emas, balki 25 ta saylov okrugida bo‘lib o‘tadi.
Bosh prokuratura tomonidan saylov jarayonida aniqlangan bir qator qonun buzilishi holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
YeXHT DIIHB missiyasi rahbari Tana de Zuluyeta saylov uchastkalarida jiddiy qonunbuzarliklar sodir bo‘lganini ma’lum qildi.
YeXHT DIIHB missiyasi 25 noyabridan 25 dekabrigacha O‘zbekiston Respublikasi parlament saylovlarining kuzatuvlari natijalari to‘g‘risidagi dastlabki hisoboti e’lon qilindi.
«Milliy tiklanish» partiyasi rahbari Alisher Qodirov deputatlikka saylanish uchun yetarli ovoz to‘play olmadi. U ovoz berishning ikkinchi bosqichida ishtirok etadi.
Deputatlikka nomzodlar, kuzatuvchilar va saylovchilar saylov kunida qonunbuzarliklar, jumladan soxta bayonnomalar va kuzatuvchilar faoliyatiga to‘sqinliklar haqida xabar qildi. MSK va Bosh prokuratura ushbu xabarlarni o‘rganmoqda.
O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP), saylovlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, yana Qonunchilik palatasidagi ko‘pchilik o‘rinni saqlab qoldi.
MSKning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovida 71,1 foiz saylovchi ovoz berdi.
Saylov kampaniyasi vaqtida Bosh prokuratura tomonidan shakllantirilgan shtabga saylovlar bilan bog‘liq 65 ta murojaat kelib tushdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi 162- saylov uchastkasida saylovda ovoz berib, fuqarolar, xorijlik kuzatuvchilar va OAV vakillari bilan suhbatlashdi. Davlat rahbari matbuot xizmatining fotoreportaji.
Deputatlar saylovida muddatidan oldin ovoz berish O‘zbekiston va chet eldagi saylov uchastkalarida 12−18 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
TIV O‘zbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsulxonalari qoshida tashkil etilgan saylov uchastkalari ro‘yxati va manzillarini e’lon qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting