G va H guruhlaridan joy olgan ikkala o‘yinda ham favorit deb aytilayotgan terma jamoalarning qo‘li baland keldi. Portugaliya — Gana bahsida 3:2 hisobi, Braziliya — Serbiya uchrashuvida esa 2:0 hisobi qayd etildi. Ronaldu penaltidan gol kiritib yana bir rekordni qayd etdi. Risharlison esa dublga erishdi.
G va H guruhlaridan joy olgan Shveysariya — Kamerun va Urugvay — Janubiy Koreya bahslarida o‘yin teng suratlarda o‘tdi. Biroq birinchi o‘yin Shveysariyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan bo‘lsa, ikkinchi o‘yinda jamoalar nursiz durang qayd etishdi — 0:0.
JCH-2022ning yana bir kunida E va F guruhidan joy olgan Ispaniya — Kosta-Rika va Belgiya — Kanada bahslari bo‘lib o‘tdi. Birinchi bahsda ispaniyaliklar total ustunlik qilib, 7 gol urib rekord hisobni qayd etishgan bo‘lishsa, ikkinchi bahsda aslida Belgiyadan kuchliroq o‘yin ko‘rsatgan Kanada 0:1 hisobida yutqazdi.
23 noyabr kuni E guruhidan joy olgan Germaniya — Yaponiya bahsida 1:2 hisobi qayd etildi. Yaponiya «kambek» amalga oshirdi va irodali g‘alabaga erishdi. F guruhidagi Marokash — Xorvatiya bahsida esa hisob ochilmadi — 0:0.
D guruhidan joy olgan Fransiya — Avstraliya bahsida ko‘pchilik tomonidan kutilganidek fransiyaliklarning qo‘li baland keldi. O‘yindagi dastlabki golni avstraliyaliklar kiritdi, biroq Fransiya terma jamoasi o‘yin tizginini tezda o‘z qo‘liga oldi.
22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan Daniya — Tunis hamda Meksika — Polsha bahslari 0:0 hisobi bilan yakunlandi. Birinchi o‘yinda bir necha bor ofsayd holatida gollar kiritildi. Ikkinchi uchrashuvda esa Levandovskiy penaltidan gol ura olmadi.
C guruhidan joy olgan Argentina — Saudiya Arabistoni bahsi kutilmagan 1:2 hisobi bilan yakunlandi. 1-taymda Messi penalti zarbasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan bo‘lsa, 2-taymda Erve Renar shogirdlari nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki oldinga ham chiqib olishdi.
B guruhidagi ikkinchi qarama-qarshilik: AQSh — Uels uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etildi. 1-taymda Liberiya prezidenti,1995 yilgi «Oltin to‘p» sohibi Jorj Veaning o‘g‘li Timoti Vea AQShni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 2-taymda Garet Beyl penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
A guruhidan joy olgan Senegal va Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik niderlandlarning 0:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning asosiy qismi pozitsion hujumlar bilan o‘tdi va Niderlandiya faqat o‘yinning oxiriga kelibgina hisobda oldinga chiqib olishdi.
Dohada JCH-2022 B guruhidagi ilk uchrashuv 6:2 hisobida yakunlandi. O‘yinga hakam jami 24 daqiqa (14+10) qo‘shib berdi. Angliya terma jamoasi Eronni yirik hisobda mag‘lub etib, hozircha guruhda peshqadamga aylandi.
20 noyabr kechasi JCH-2022'ning ilk uchrashuvida mezbon Qatar terma jamoasi Ekvador bilan uchrashdi va JCH tarixida ilk bor mezbon mamlakat ilk uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi.
«Gazeta.uz» JCH-2022 ishtirokchilarini tanishtirishni H guruhi bilan yakunlaydi: bu yerda portugaliyalik Ronaldu «qayta tug‘ilishi» mumkin, urugvaylik Suares esa to‘purar unvoni uchun yo‘l «kemiradi», Janubiy Koreya jismoniy tayyorgarlik bilan yengishga, Gana esa reytingda yuqoriroqqa sakrashga harakat qiladi.
«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 boshlanishiga kunlarni sanashda davom etmoqda. Bugun G guruhi bilan tanishamiz: ushbu guruhdan «pentakampion» braziliyaliklar, qo‘rqmas serblar, soat mexanizmidek sxema bo‘yicha o‘ynaydigan shveysariyaliklar, «nol»ga o‘ynamaslikni odat qilib olgan kamerunliklar joy olgan.
«Gazeta.uz» JCH-2022 boshlanishiga haftalar va kunlarni sanashda, muxlislarni guruhlar bilan tanishtirishda davom etmoqda. F guruhida bizni Kanada va uning syurprizlari, Belgiya va jamoa yetakchilarining oqqush qo‘shig‘i, avlodlar almashinuvi changalidagi Xorvatiya va Marokashning qarshi hujumdagi o‘yinlari kutmoqda.
«Gazeta.uz» va Dmitriy Povarov JCH-2022 arafasida «E» guruhi bilan tanishtiradi: Germaniya yangi murabbiyning yutuqlarini namoyish etishga, Ispaniya esa to‘liq nazoratni saqlab qolishga harakat qiladi, Kosta-Rika o‘zini sinovdan o‘tkazishga, Yaponiya esa tezlik va texnikasini to‘g‘ri yo‘naltirishga tayyorlanmoqda.
«Gazeta.uz» jahon chempionati boshlanishiga haftalar va kunlarni sanashda davom etmoqda. Dmitriy Povarov bilan birgalikda biz amaldagi chempionlar — fransuzlar, Daniya transformeri, kuchli Tunis himoyasi va avstraliyalik «sokkerouz» ustalaridan tashkil topgan D guruhini o‘rganmoqdamiz.
“Gazeta.uz” jahon chempionati boshlanishiga hafta-kunlarni sanashda davom etmoqda. Sizga “C” guruhini tanishtiramiz: Meksika pley-off yo‘llanmasini imkon qadar tezroq qo‘lga kiritishga, Argentina futbol mamlakati nomini oqlashga, Polsha va Saudiya Arabistoni esa ularga taslim bo‘lmaslikka harakat qiladi.
“Gazeta.uz” futbol bo‘yicha 2022-yilgi Jahon chempionati boshlanishiga haftalar, kunlarni sanashda davom etmoqda. “B” guruhi bilan tanishtirsak: Eron va AQSh pley-off yo‘llanmasi uchun kurashadi, Uels terma jamoasi 64 yillik tanaffusdan so‘ng qaytmoqda, Angliya esa muxlislarni zeriktirmaslikka harakat qiladi.
Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga 18 kun qoldi. “Gazeta.uz” har to‘rt yilda bir bor o‘tkaziladigan asosiy futbol tadbiri ishtirokchilari bilan tanishtirishni boshlaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting