Prezident «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida"gi Qonunni imzoladi. Unda fuqarolarga ushbu sohadagi qonunchilik talablariga amal qilish va zilzilaga qarshi choralar ko‘rish majburiyatlari yuklangan.
Dushanba kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti «Milliy qo‘shiqchilik» kafedrasi professori, O‘zbekiston xalq artisti, sozanda O‘lmas Rasulov 70 yoshida vafot etdi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini bolalar uchun xavf maydoni deb atab, uning faoliyatini butunlay cheklashni taklif qildi.
Poytaxtning Uchtepa tumanida qashqadaryolik dzyudochi Kamoliddin Rasulov pichoqlab o‘ldirildi. Uni o‘ldirganlikda boshqa sportchi gumonlanmoqda.
Toshkent, Xiva va Nukusda madaniy meros haftaligi o‘tkazilmoqda. Forum dasturidan Kamoliddin Bexzod miniatyuralari ko‘rgazmasi, Jamol Usmonov suratlar ko‘rgazmasi, O‘zbekiston qo‘lyozmalari, shuningdek, arxeolog Leon Barshchevskiy fotoko‘rgazmasi o‘rin olgan.
«O‘zbekiston 24» telekanalining «Fakt 24» ko‘rsatuvida Namangandagi maktabda limondan elektr toki olish tajribasi ko‘rsatildi. Ko‘rsatuvda mazkur tajriba «kashfiyot» deya, ta’lim sohasidagi islohotlar natijasi deb ataldi.
Markaziy saylov komissiyasi XDPdan Maqsuda Vorisova, «Adolat»dan Bahrom Abduhalimov va O‘zLiDePdan Shavkat Mirziyoyevni prezidentlikka nomzodlar sifatida ro‘yxatga oldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan koronavirus bilan kasallanishning kunlik o‘sishi ketma-ket uchinchi kun 600 dan kam bo‘ldi. 15 avgustdan boshlab bu ko‘rsatkich 900 dan pasaydi, shuningdek, 29 avgustdan 800 dan, 2 sentabrdan 700 dan va 11 sentabrdan — 600 dan pasaya boshladi.
Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida dala maydonidan yoqib yuborilgan ayolning jasadi topildi. Qotillikda gumondor 5 kishi qo‘lga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Rossiya poytaxtidagi «Lesoparkovaya» metro bekatida o‘zbek va tojik tillaridagi yo‘l ko‘rsatkichlar paydo bo‘ldi. Mazkur bekatdan migratsiya markaziga avtobuslar qatnovi mavjud.
Marhum olim Andrey Kubatin Nursulton shahrida joylashgan Xalqaro Turk Akademiyasining oltin medali bilan taqdirlandi. Kubatin mazkur akademiyada 2014 yilning ikkinchi yarmidan boshlab yarim yil faoliyat ko‘rsatgan.
Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Afg‘onistonda, birinchi navbatda, gumanitar inqirozning oldini olish kerakligini ta’kidladi. «Buning uchun biz mamlakatdagi haqiqiy real hokimiyat bilan ish olib borishimiz kerak. Boshqa yo‘l yo‘q», — dedi u.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonda jami 174 998 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36 288 taga ko‘p.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan O‘zbekistonga 8 oy ichida xorijda vafot etgan 323 nafar fuqaro jasadi qaytarildi. Agentlik shuningdek 271 nafar xorijda qiyin ahvolda qolgan fuqarolarning qaytarilishida ko‘maklashdi.
Shavkat Mirziyoyevning haftalik ish grafiki, O‘zbekistonga olib kelingan vaksinalar, Ombudsmanga qonunchilik tashabbusi huquqi berilishi — “Gazeta.uz"ning 13 sentabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev xirurgiya xizmatini transformatsiya qilishga oid taqdimot bilan tanishdi. Davlat rahbari tumanlararo markazlarda qilinadigan jarrohlik amaliyotlari turini 79 taga, viloyat darajasida 168 tagacha yetkazish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mamlakatda 500 bemor jigar, 1500 kishi buyrak transplantatsiyasi amaliyotiga muhtojligini bildirmoqda.
O‘zbekistonga Polshadan AstraZeneca vaksinasining 252 ming dozasi olib kelindi. Shuningdek, bugun Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan edi
Myanmada qarshilik kuchlari tomonidan 50 ga yaqin harbiy va politsiyachining o‘ldirilgani, BMW’ning Xitoydan 142 mingdan ortiq avtomobilni qaytarib olayotgani, Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari tufayli minglab odamlarning uylarini tashlab ketgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Toshkent viloyatida joriy yil boshidan buyon sodir bo‘lgan YTHlarning 21%ini Damas rusumli avtomobillar ishtirokida sodir bo‘lgani aniqlangan. Mazkur YTHlar oqibatida 25 nafar fuqoro vafot etgan.
O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan barcha Afg‘oniston fuqarolari so‘nggi ikki kun ichida boshqa mamlakatga evakuatsiya qilindi, deya xabar berdi TIV rasmiy vakili.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting