Prezident sog‘liqni saqlash tizimida patronaj xizmatini yo‘lga qo‘yishga oid videoselektor o‘tkazmoqda. Davlat rahbari rahbarlarni ushbu jarayonni nazorat qilishi uchun viloyatlarga mas’ul etib belgiladi. 1 mayga qadar Sirdaryo viloyati tajribasi respublikaning barcha hududlarida boshlanishi kerakligi aytildi.
«Mening fikrim» portalida haydovchilik guvohnomasi yonida bo‘lmay transport boshqargan haydovchilarga jarima qo‘llash tartibini bekor qilish taklif etildi. Uning o‘rniga, hujjatlarni planshet orqali tekshirish mumkinligi aytilmoqda. Taklif Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilishi uchun kerakli 10 mingdan ortiq ovoz to‘plagan.
Dollarning rasmi kursi 13 so‘mga pasaydi va jami 10 472 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham arzonladi.
Navoiy viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Ravshanjon Nasimov Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan Botiraliyev Anvarjon Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Qarshida qurilgan arzon uylarning katta qismini hokimiyat ishchilari olganini ma’lum qildi. “Barchasini chaqirib, sharmandasini chiqarib, oddiy fuqarolarga olib berganmiz”, — dedi u.
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktori Otabek Nazirov To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi rahbari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri maslahatchisi etib tayinlandi.
Samarqand davlat universitetida dekan o‘rinbosari 1 kurs talabasidan 500 AQSH dollari so‘ragan. Ma’lum bo‘lishicha, u talabaning oraliq nazorat ishini ijobiy hal qilib bermoqchi bo‘lgan.
Mart oyida inflyatsiya 0,8 foizni tashkil qildi. Oziq-ovqat mahsulotlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,6 foizga, xizmatlar esa 0,4 foizga qimmatladi.
3 apreldan Fransiyaning barcha hududlarida to‘rt haftalik jiddiy karantin cheklovlari o‘rnatiladi. Cheklovlarga ko‘ra, barcha ishchilar masofaviy tizimga o‘tkaziladi, barcha bog‘chalar, maktablar va kollejlar uch hafta muddatga yopiladi.
Toshkentda haydovchisi tezlikni oshirib yuborgan Cobalt yo‘lning to‘siq ustidan uchib o‘tib, Lacetti bilan to‘qnashgan. Ikki kishi halok bo‘lgan. YHXBB xabar berishicha, jamoat qoidabuzarning harakatlarini «keskin qoraladi».
Prezident Shavkat Mirziyoyev Tog‘li Qorabog‘ hududining Ozarbayjonga qaytarilganligini «tarixiy adolatni tiklash yo‘lidagi g‘alaba» deya ta’rifladi. O‘zbekiston hududdagi ko‘hna obidalar va madaniyat maskanlarini tiklash ishlariga ko‘mak berishga tayyor
Farg‘ona viloyatidagi Rishton va So‘x tumanini bog‘lab turuvchi Qirg‘iziston orqali o‘tgan yo‘lning ochilishi rejalashtirilmoqda. Ushbu yo‘nalishdagi chegara nazorat-o‘tkazish punktlari tayyor holatga keltirildi.
Poytaxt Ichki ishlar boshqarmasi yakshanba kuni Toshkent markazida ikki fuqaro kaltaklanganini tasdiqlovchi videoni e’lon qildi. Bir guruh erkaklar ko‘chadan o‘tayotganlarni LGBT tarafdorlari deb qabul qilishgan.
Aprel oyidan boshlab Toshkent va Nukus shahri hamda viloyatlar markazlaridagi 219 ta emlash punktlarida bir oyda 142,3 ming emlash o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Maydan qo‘shimcha shahar va tuman markazlarida, iyun oyidan esa butun respublika bo‘yicha vaksinatsiya qilish ko‘zda tutilmoqda. Nurmat Otabekovning ta’kidlashicha, «koronavirusga qarshi vaksina — zamonaviy tibbiyotning eng yuksak yutug‘i, unga ishonchsizlik bildirmaslik kerak».
Turkiyada karantin cheklovlarining kuchaytirilishi, Belarusda ekstremizm bilan bog‘liq 700 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgani, AQSHning xorijiy mutaxassislar uchun vizalarni qayta rasmiylashtirishni rejalashtirishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiy kengashning norasmiy sammitida qatnashib, bir qancha takliflarni ilgari surdi. Kengashning yaqin va o‘rta istiqboldagi iqtisodiy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish, Investitsiya jamg‘armasi va Taraqqiyot bankini tashkil etish, «Tabarruk ziyorat» loyihasini amalga oshirish, qolaversa, Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis qilish shular jumlasidan.
AOKA 28 mart kuni kaltaklangan bloger Miraziz Bozorovning xatti-harakatlari to‘g‘risida alohida xulosa tayyorlaganligini ma’lum qildi. Shuningdek, LGBT va so‘nggi kunlardagi voqealar haqida fikr bildirilgan jamiyat va internet faollari pozitsiyalari yuzasidan xulosalarini e’lon qiladi.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurovning aytishicha, tuman hokimlarining oylik maoshi 5 mlndan 6 mln so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u o‘ziga xodimlari bilan bir hil miqdorda rag‘bat puli ajratishini aytib o‘tdi.
Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov Toshkent shahar rahbari Jahongir Ortiqxo‘jayevning ishlash tartibi va shaxsiy sifatlari haqida so‘zlab berdi. «U chapani odam va tadbirkorlarga xos fikrlaydi», dedi u.
Ramazon oyining kirib kelishiga respublika bo‘ylab masjidlarda tayyorgarliklar boshlandi. Taroveh namozlari uchun shart-sharoitlarni hozirlash maqsadida 10 aprelda «Ozodalik kuni» o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting