Uzoqov Shuhrat Sharapovich O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi.
Pensiya tayinlashda fuqarolarga davlat arxivlaridan ma’lumotnoma olib kelish talabi bekor qilinishi mumkin. Pensiyalarni tayinlashda ish xaqi va ish staji to‘g‘risidagi arxiv ma’lumotnomalarini olish bo‘yicha yagona axborot tizimi yaratilmoqda.
10 fevral holatiga O‘zbekistonda koronavirus kasalligi qayd etilmadi. Xitoydan qaytgan 3447 nafar fuqaro tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bugungi kunda 771 nafar fuqaro 14 kunlik tibbiy kuzatuvga olindi.
Hukumat qaroriga muvofiq 1064ta uy-joy uchun ariza topshirgan yosh oilalar ipoteka kreditini so‘ndirishda imtiyozga ega bo‘ladi. 2020 yildan boshlab, ushbu imtiyoz shartlari qisman o‘zgargan.
Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti negizida Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etildi.
Xalqaro atom energetikasi agentligi Yadroviy infratuzilmasini kompleks ko‘rib chiqish bo‘yicha missiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Energetika vaziri agentlik rahbariyati bilan Venada uchrashdi.
Barcha arxiv hujjatlarini mavjud resurslar bilan raqamlashtirish uchun 60 yil talab etiladi. Ayni paytda «O‘zarxiv» tasarrufida bo‘lgan hujjatlarning 2−3 foizi raqamlashtirilgan. Agentlik kelgusi rejadagi strategiyasini ma’lum qildi.
Poytaxt hokimiyati Shayxontohur tumani ma’muriyatining «Ilhom» teatridan binoni bo‘shatish so‘ralishiga sabab bo‘lgan Shodlik Palace mehmonxonasini rekonstruksiya qilish tashabbusiga aloqadorligini o‘rganmoqda.
Davlat mehnat inspeksiyasi davlat organlarida mehnat qonunchiligiga rioya etilishini tekshiruvdan o‘tkazadi. Jumladan, xodimlarning kechki vaqtlarda ushlab qolinishi va dam olish kunlarida ham ishga jalb qilinishi o‘rganiladi.
Shodlik Palace mehmonxonasi Ofelos Plaza kompaniyasi nomidan «Ilhom» teatridan aprel oxiriga qadar binoni bo‘shatishni so‘ramoqda. Teatr buni fojiali holat deb baholab, hukumat, tomoshabinlar, jurnalistlar, diplomatlar va xalqaro hamjamiyatni teatrni qutqarish va saqlab qolishga chaqirdi.
10 fevral kuni ertalab Toshkentning Chilonzor tumanidagi Bunyodkor ko‘chasi bo‘ylab oqib o‘tgan kanalda yangi tug‘ilgan chaqaloq jasadi topildi.
Navoiy viloyatida Lacetti qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketdi va Nexia bilan to‘qnashdi. Natijada Nexia haydovchisi voqea joyida, mashina bo‘lgan bir yoshlik chaqaloq esa shifoxonaning jonlantirish bo‘limida olamdan o‘tdi.
910 kishi koronavirus qurboni bo‘ldi, ulardan ikkitasi Xitoydan tashqarida. JSST kasallik tarqalishi bir muncha sekinlashganini qayd etdi.
Hafta davomida yomg‘irli va salqin ob-havo hukmronlik qilishi kutilmoqda. 11−13 fevral kunlari kunduzgi harorat +5…+10 darajaga pasayib, kechalari qirov tushishi mumkin.
Arabistonlik sarmoyadorlar Sirdaryoda energetika kollejini tashkil etish, yangi bug‘-gaz qurilmasini qurish hamda Navoiy viloyatida shamol elekrostansiyasini ochish ustida ish olib bormoqda.
Parijdagi «Katta dubulg‘a» turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar Sharofiddin Boltaboyev va Hikmatilloh To‘rayev kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.
«Eng yaxshi aktyor» nominatsiyasida «Joker» filmidagi ijrosi uchun Xoakin Feniks «Oskar» mukofotiga sazovor bo‘ldi. 10 fevral kuni 2020 yilda mukofotga loyiq topilgan nominatsiya g‘oliblari e’lon qilindi.
Tailandda harbiy xizmatchining savdo markaziga hujumi oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi va 57 kishi jarohat oldi. Ommaviy qotil maxsus operatsiya vaqtida yo‘q qilindi.
15 fevraldan Toshkent-Omsk yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 450 ming so‘mni tashkil etadi.
Ravshan Ermatov jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari, Elbek Shukurov vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting