Adliya vaziri Ruslanbek Davletov davlat tomonidan himoyachi tayinlash tartibi o‘zgarishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaldagi tartib samarali natija bermayapti.
Toshkentning Sergeli tumanida 117- yo‘nalishda qatnovchi Isuzu avtobusi ag‘darilib ketdi — uni ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan Captiva turtib yubordi.
Toshkent IIBBda 16 nafar ayol rahbar lavozimlariga tayinlandi. Ular orasida tergov va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limlari boshliqlari, IIB boshliqlari o‘rinbosarlari bor.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Xitoydan kelgan fuqarolar joylashgan muassasa sharoitlari bilan tanishtirdi. Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Uxandan uchib kelgan va karantinga olingan o‘zbekistonliklar qoniqarsiz sharoitda yashayotgani iddao qilingandi.
Adliya vaziri qamoqxonalarda qiynoqlarga qarshi kurashni ma’muriy boshqaruvdagi islohotlarsiz o‘tkazishga chaqirdi. Uning fikricha, har qanday tizimda boshqaruvni o‘zgartirmay islohot qilish mumkin.
Dam olish kunlari O‘zbekiston hududida ob-havo ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichlardan 10−12 daraja yuqori bo‘ladi. Ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tishi mumkin.
Namanganda 22 yoshli shaxs poliklinikada bo‘lim mudirini kaltaklab, yuz va burun qismiga jarohat yetkazdi. Bu yil boshidan buyon OAVga ma’lum bo‘lgan to‘rtinchi shu kabi hodisadir.
Banklar 2019-yilda qariyb 8 trln so‘mlik ipoteka kreditlari ajratdi. Kreditlarning asosiy qismi — 83 foizdan oshig‘i — imtiyozli asosda taqdim etilgan.
Neft-gaz, elektr energiyasining barqaror ta’minotida xalqimiz, tadbirkorlarimiz talabini to‘la qanoatlantira olmayapmiz, dedi prezident. U joriy yilda tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Navoiy viloyatida bir qator tuman IIB boshliqlari va xodimlarni lavozimidan chetlashtirdi.
Toshkentning Chilonzor tumanida noto‘g‘ri joydan ortga qaytib olmoqchi bo‘lgan Matiz haydovchisi o‘z o‘limiga va besh kishining jarohatlanishiga sabab bo‘ldi. Kuzatuv kamerasiga tushib qolgan avariya videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Shifokor va provizorlarning yagona ma’lumotlar bazasini ishlab chiqaruvchisini tender o‘tkazmasdan belgilash taklif etilmoqda. 2021 yil 1 yanvardan vrachlar va provizorlar Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib ishlay olmasliklari mumkin.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov tergov va sudlov tizimiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflarini bildirdi. U aybsizlik prezumpsiyasiga rioya etilmaslik holatlariga ham to‘xtaldi.
AQSH elchisi O‘zbekistonga savdo imtiyozlari, turli davlat kreditlari berilmayotganiga sharh berdi. Uning aytishicha, O‘zbekistonning «qora ro‘yxat»dan chiqib ketish yo‘llari bor.
Paxtakor tumanida yashagan baliqchi-fermer Aramais Avakyan ozodlikka chiqdi. U konstitutsion tuzumga tajovuz qilishda ayblangandi.
AQSH Markaziy Osiyo davlatlariga harbiy tashkilot tuzish taklifini bildirmagan, dedi elchi Daniyel Rozenblyum. Rossiya nashrlari esa Vashington mintaqa davlatlari bilan shunday tashkilot tuzishini xabar qilgandi.
Bobir Jo‘rayev Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Sevara Husanova esa hokim o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi etib tayinlandi.
Turkiya sharqida sodir bo‘lgan ikki ko‘chkisi natijasida kamida 38 kishi halok bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.
AQSH Markaziy Osiyo bo‘yicha 2019−2025 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasini e’lon qildi. Mintaqa davlatlarining mustaqilligini mustahkamlash, Afg‘onistonning Markaziy Osiyoga integratsiyasi va inson huquqlari sohasidagi islohotlarga ko‘maklashish uning asosiy tamoyillaridan hisoblanadi.
UzAuto Motors Xitoydagi koronavirus epidemiyasi natijasida Chevrolet Equinox avtomobilini yetkazib berish kechiktirilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting