O‘zbekiston va Qirg‘iziston terma jamoalarining o‘rtoqlik o‘yini bosh murabbiy Vadim Abramovning iltimosi bilan televideniye orqali efirga uzatilmaydi.
Seshanbadan sovuq havo oqimi sababli kam bulutli, yog‘ingarchiliklarsiz ob-havob hukmronlik qiladi.
Nyu-Deli hukumati havoning ifloslanish darajasi eng yuqori darajaga yetgani sababli favqulodda holat e’lon qildi: maktablar yopildi, aviareyslarning bir qismi bekor qilindi.
Qashqadaryo viloyat hokimi v.b. Zoir Mirzayev Qarshi shahrida o‘rganish natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda 2 ta tashkilot rahbari vazifasidan ozod etdi, hokim o‘rinbosariga 1 oy sinov muddati berdi.
Prezident qaroriga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining huquqiy monitoringini o‘tkazish tizimi joriy qilindi.
Samarqandda is gazidan zaharlanish oqibatida bir erkak vafot etdi, uning turmush o‘rtog‘i shifoxonaga yotqizildi.
UzAuto Motors sotadigan Chevrolet Trailblazer Tailanddan yetkazib beriladi.
Qozog‘istonning Aqtau shahrida yuz bergan YTH natijasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana olti kishi yengil jarohat oldi.
O‘zbekiston va Hindiston mudofaa vazirlari o‘rtasida o‘tkazilgan muloqotda xalqaro tinchlikni ta’minlash borasidagi hamkorliklarga ahamiyat qaratildi.
«Daut-ata» postidan chiqayotgan shaxs bojxonachilar tomonidan ko‘zdan kechirilganida uning yonida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 3 dona Rossiya hamda 1 dona arab tangasi borligi aniqlandi.
Hukumat qarori bilan elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni, eksportini ko‘paytirishni ko‘zda tutuvchi maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.
XTVda Xitoyning ZTE va Huawei kompaniyalari bilan «Xalq ta’lmi tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» loyihalarini amalga oshirish uchun kelishuvlarni imzoladi.
Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida Lacetti va «GAZel» to‘qnashdi. Mikroavtobus haydovchisi halok bo‘ldi, olti yo‘lovchining ahvoli og‘ir, jami 12 kishi jarohatlandi.
So‘nggi besh yil davomida 1109 nafar jurnalist o‘ldirildi. Ularning 93 foizi — harbiy muxbirlar emas, balki hokimiyatni suiiste’mol qilish va korrupsiya holatlarini yoritgan mahalliy jurnalistlardir.
O‘zbekistondan Xitoyga eksport qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati kengaydi. Yana 15 turdagi mahsulotlar eksportiga ruxsat olish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisida tashkilotning 2020 yil uchun mo‘ljallangan byudjeti tasdiqlandi.
Chiroqchi tumanidagi 89-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘quv tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari 8-sinf o‘quvchisini urgani va haqorat qilganini haqidagi da’voni rad etdi.
Haydovchiga yo‘l bermay avariya holatini yuzaga keltirgan va qizil chiroqqa bo‘ysunmay harakatlangan IIB xodimlariga nisbatan qonuniy asosda chora ko‘rildi.
Bojxona ma’muriyatchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Poytaxtdagi Botanika bog‘iga 360 darajali ikkita kuzatuv kamerasi va «trevoga tugmachalari» o‘rnatiladi. Profilaktika inspektorining ikki yordamchisi bog‘ hududida skuterlarda navbatchilik qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting