Oktyabrda «O‘zneftgazinspeksiya» 3,9 mlrd so‘mlik 4,2 mln kub metr gaz talon-taroj qilinganini aniqladi. Eng katta o‘g‘irliklar Farg‘ona va Jizzax viloyatlarida aniqlangan.
Telegram messejeridagi kanallarda fuqarolar orasida bo‘lgan ichki ishlar xodimi to‘pponcha tirab «otaman» deb baqirgan videosi tarqatildi. Mazkur voqeaning qayerda bo‘lgani aniq emas.
YeTT banki kredit liniyasi orqali Samarqandda turizmni rivojlantirish maqsadida 74 ta loyihani qamrab olgan 1311,8 mlrd so‘mlik dastur ishlab chiqildi
Tegishli hujjatlari mavjud bo‘lmagan, o‘simliklar karantini ob’ektlari bilan zararlangan karantin ostidagi mahsulotni olib qo‘yish, qaytarib yuborish va yo‘q qilish tartibi belgilandi.
Urganch aeroportiga xorijdan uchib kelgan fuqaro belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda uning yonida 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.
Xorazmda bolalar bog‘chasini ta’mirlayotgan quruvchilarning xavfsizlik qoidalariga rioya qilmagani sababli ikki ishchi tok urishidan vafot etdi.
Xitoy Xalq Respublikasining «DA XING NEW MATERIALS» Co kompaniyasi bilan Guliston tumanida zavod tashkil etish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev O‘zbekiston voleybol federatsiyasining prezidenti etib saylandi.
Oktyabrda oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 2,8 foizga qimmatlashdi.
Avtoyo‘llarni ko‘kalamzorlashtirishda tejamkor tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Avgust-oktyabr oylarida «Toza havo» operatsiyasi davomida 261 mingdan ortiq mashina gazlarning zaharliligi va tutunliligi bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. Atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirish uchun kompleks chora-tadbirlar talab etiladi, deya ma’lum qildi Ekologiya qo‘mitasi.
Moliya vazirligi 2020 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasini e’lon qildi. Davlat daromadlari — 128,4 trln so‘m, xarajatlar — 131,1 trln so‘m.
Vebster universitetining Markaziy Osiyodagi birinchi filiali — Toshkent shahridagi ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Hukumat qarori bilan «Ma’naviyat fidoyisi» ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topshiriladigan bo‘ldi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasining VI c’ezdida partiyaning 2020−2025 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi tasdiqlandi.
2019-yilning 1-noyabridan boshlab mobil qurilmalar ro‘yxatga olinadi, hisoblagichlar faqat DXM yoki YAIDXP orqali qiyoslovdan o‘tkaziladi va yana beshta o‘zgarish.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif va SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining majlisida ishtirok etish uchun kelgan Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Ketsyanni qabul qildi.
Qashqadaryoda 9-sinf o‘quvchisi sevgan yigitining boshqa birovga uylanayotganidan norozi bo‘lib, uni o‘ldirdi. Qiz 8 yillik qamoq jazosini o‘taydi.
2020 yil boshida BMTning Din yoki e’tiqod erkinligi masalasi bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahidning O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi majlisi doirasida Toshkentda bo‘lib turgan Belarus bosh vaziri Sergey Rumasni qabul qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting