Navoiy shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan shahar markaziy ko‘chalarida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi va ikki kishiga jarima qo‘llanildi.
«O‘zini Sirdaryoga tashlamoqchi bo‘lgan qiz qutqarib qolindi» sarlavhali xabar To‘raqo‘rg‘on tuman XTB tomonidan o‘rganib chiqildi. Qiz otasini ko‘rgani ketayotib, Sirdaryo ko‘prigi ustida to‘xtagan, ammo uning niyati suvga tashlash bo‘lmagan.
Milliy gvardiya xodimiga bo‘ysunmaslik va bunga ommaviy da’vat qilish jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa sabab bo‘lishi mumkin.
Sobiq «Abu Saxiy» bozorida besh nafar yuk tashuvchi o‘rtasidagi janjalda biri boshqasini metal polyuvgich dastasi bilan urib o‘ldirdi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Andijonda O‘zbekistondagi ikkinchi idorasini ochdi. U asosan kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlaydi.
Toshkentdagi to‘qqizta IIO faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ko‘rish burchagi 360 darajali «odam taniydigan» kameralar o‘rnatilgan avtobuslarga ega bo‘ldi.
Toshkent shahrida IIB xodimining xizmat mashinasida dastlab qoida buzgani, so‘ng avariya holatini yuzaga keltirgani tasvirlangan video tarmoqqa joylandi.
Poytaxtning Yashnobod tumanida uchta mashina to‘qnashuvi natijasida 19 yoshli o‘smir yo‘lovchi o‘ldi, haydovchilardan biri jarohatlandi.
Ahmad Tursunboyevga qarshi jinoyat ishi bo‘yicha uchinchi sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi. Sudlanuvchi yana aybdor deb topildi.
Pokistonda yo‘lovchi poyezdida chiqqan yong‘in natijasida eng kamida 65 kishi halok bo‘ldi, 30 dan ziyod kishi jarohatlandi.
Toshkent metropolitenida texnik sabab va shubhali ob’ekt qoldirilishi natijasida poyezdlar harakati jadvalidan chiqish holati kuzatildi.
Prezident qarori bilan Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi.
Yunusobod tumani 15-dahasidagi ko‘pqavatli uyda mast holda sigareta chekib, uxlab qolish natijasida yuzaga kelgan yong‘indan ikki kishi qutqarildi.
Markaziy harbiy okrugida joylashgan Jizzax viloyatidagi harbiy qismlarning birida yosh harbiy xizmatchilar bilan uch kunlik namunadagi maxsus amaliyot mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.
«PPX» xodimlariga hamma narsa mumkin degan video bu" nomi bilan tarqalgan videotasvir IIV Patrul-post xizmati va Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.
Prezident farmoni bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasining atrof-muhitni muhofaza qilish konsepsiyasi tasdiqlandi.
Madaniyat muassasalari xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari qayta hisoblab chiqildi va 2019 yil 1 avgustdan ularga ish haqi yangilangan miqdorda to‘lanadi.
Toshkent viloyatida ekonazorat inspektorlari Quyichirchiq obodonlashtirish boshqarmasi avtotransportdan oqava suvlarni Chirchiq daryosiga quyilishining oldi olindi.
Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida «UAZ» yo‘ldan chiqib ketdi, bir kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohatlandi.
Oltiariq tumanida kadastr korxonasi xodimi bog‘ uchun yer ajratish to‘g‘risida hokim qarorini chiqartirib berish evaziga 25 ming dollar pora olayotganda ushlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting