O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi
26 avgust 2024, 14:45

O‘zbekiston deputatlari saylovi uchun 39 mamlakatda saylov uchastkalari tashkil etiladi

O‘zbekiston parlament saylov uchastkalari 39 mamlakatda tashkil etiladi. Ulardan eng ko‘pi Rossiyada — yettita, Qozog‘iston va Xitoyda — uchtadan bo‘ladi. 7 mamlakatda ikkitadan, 29 mamlakatda bittadan uchastka ochiladi.

Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi
26 avgust 2024, 13:32

Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistonda Umra mavsumi 10-sentabrdan boshlanadi. Ziyoratchilar Madinada 3 kun, Makkada esa 7 kun bo‘ladi. Umra xizmatlari narxi bir kishi uchun 16,6 mln so‘m, biroq Haj-Umra markazi narxlar o‘zgarishi mumkinligini ma’lum qildi.

Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi
26 avgust 2024, 11:12

Hafta o‘rtasida harorat biroz pasayadi

O‘zbekistonga hafta o‘rtasida nisbatan salqin havo kirib kelib, harorat 2−3 darajaga pasayadi: kunduzi +27…+30, janubda +35 darajagacha bo‘ladi. Ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Jumadan harorat asta-sekin ko‘tarilishni boshlaydi.

Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi
26 avgust 2024, 10:42

Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi

Qozog‘istonda amakisi tomonidan jinsiy zo‘ravonlikka uchragan 12 va 17 yoshli o‘zbekistonlik opa-singil vatanga qaytarildi. Qizlarning opasini ularga vasiy etib belgilash ishlari ketmoqda. Erkakka nisbatan dastlabki tergov tamomlanib, materiallar sudga yuborildi.

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?
26 avgust 2024, 10:12

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlik davrida tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Mutaxassis birinchi va oxirgi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinishi, ikkinchi uch oylik esa tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davr ekanini ta’kidladi.

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi
26 avgust 2024, 10:07

Katta Chimyon tog‘ida adashib qolgan fuqarolar qutqarildi

Bo‘stonliq tumanidagi Katta Chimyon tog‘iga chiqib, yo‘ldan adashib qolgan uch nafar fuqaro FVV xodimlari tomonidan qutqarildi.

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
26 avgust 2024, 10:07

Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalarning yana bir guruhi O‘zbekistonga olib kelindi
26 avgust 2024, 09:33

Rossiyada qarovsiz qolgan bolalarning yana bir guruhi O‘zbekistonga olib kelindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg, Moskva, Novosibirsk va Qozon shaharlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi.

Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi
26 avgust 2024, 09:24

Telegram Pavel Durovga qo‘yilgan ayblovlarni absurd deb atadi

Telegram Pavel Durovning Fransiyada hibsga olinishiga izoh berarkan, ushbu platformadagi suiiste’molliklar uchun platforma yoki uning egasi javobgar ekani haqidagi da’volarni absurd deb atadi.

Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor
26 avgust 2024, 07:25

Bir guruh harbiylar va huquqni muhofaza qilish xodimlari mukofotlandi. Ular orasida ichki ishlar vaziri ham bor

Prezident Mustaqillik kuni arafasida harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov va Oliy sud raisi Baxtiyar Islamov ham bor. To‘liq ro‘yxat.

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi
25 avgust 2024, 10:19

Bosh vazir o‘rinbosaridan tuman hokimigacha: prezident qator davlat xizmatchilarini mukofotladi

Prezident Mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotladi. Ular orasida vazirlar, viloyat va tumanlar hokimlari, agentlik va aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlari hamda boshqa amaldorlar ham bor. Ro‘yxat.

Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi
25 avgust 2024, 09:29

Toshkent viloyatida ichimlik suviga noqonuniy ulangan firma rahbari 5 yilga qamaldi

Yangiyo‘l tumanida ichimlik suvidan noqonuniy foydalangan korxona rahbari 5 yil 1 oyga qamaldi. Uning firmasi tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangani oqibatida davlatga 295 mln so‘m zarar yetgan.

O‘zbekiston Afg‘onistonga 6 mln dollarga madrasa qurib beradi
25 avgust 2024, 09:25

O‘zbekiston Afg‘onistonga 6 mln dollarga madrasa qurib beradi

O‘zbekistonning moliyaviy ko‘magida Mozori Sharifda ming talabaga mo‘ljallangan madrasa qurilishi boshlandi. Loyiha uchun 6 mln dollar ajratilgan bo‘lib, obyekt bir yil ichida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olindi. Nimalar ma’lum?
25 avgust 2024, 05:49

Pavel Durov Parij aeroportida qo‘lga olindi. Nimalar ma’lum?

Telegram asoschisi Pavel Durov Parijdagi aeroportda hibsga olindi. Fransuz OAV u Telegram`da yetarlicha moderatsiya yo‘qligi ortidan kelib chiqqan giyohvand moddalar savdosi, bolalarga qarshi jinoyatlar va firibgarlikda ayblanayotgani haqida yozmoqda.

O‘zbekistonda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi
24 avgust 2024, 17:54

O‘zbekistonda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2−4-oktabr kunlari Toshkentda IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Uning mavzusi: “Inklyuziv kreativlik: o‘zgargan voqelik”. Kreativ iqtisodiyot sohasidagi vazirlar uchrashuvi, kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan ko‘rgazma va boshqa bir qator tadbirlar rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bir guruh o‘zbekistonliklarni mukofotladi
24 avgust 2024, 15:33

Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan bir guruh o‘zbekistonliklarni mukofotladi

O‘zbekiston prezidenti mustaqillikning 33 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Toshkentdagi “Oltin markazi” avtoturargohida janjal ko‘targan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
24 avgust 2024, 14:04

Toshkentdagi “Oltin markazi” avtoturargohida janjal ko‘targan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chilonzor tumanidagi besh nafar shaxs “Oltin markazi” avtoturargoh nazorati xodimlari bilan janjallashdi. Ular protsessual tartibda ushlangan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Yangihayotdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi
24 avgust 2024, 12:06

Yangihayotdagi omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi

Toshkent shahridagi sexlarning biriga tegishli omborxonada yong‘in sodir bo‘ldi. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 09:48 da yetib borgan, 11:28 da yong‘in to‘liq o‘chirilgan. Hodisa oqibatida jarohatlangan va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in bartaraf etishga 19 ta yong‘in o‘chirish va boshqa maxsus texnika jalb etildi.

Volgograddagi koloniyada nimalar sodir bo‘ldi? Asosiy ma’lumotlar
24 avgust 2024, 11:06

Volgograddagi koloniyada nimalar sodir bo‘ldi? Asosiy ma’lumotlar

Rossiyaning Volgograd oblastidagi koloniyada mahbuslar xodimlarni garovga oldi, ba’zilarini o‘ldirdi. Ularga qarshi o‘tkazilgan harbiy amaliyot chog‘ida isyonda gumonlangan to‘rt mahbus ham yo‘q qilindi.

HUMO va BC Card Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘lovlar tarmog‘ini bog‘lamoqda
24 avgust 2024, 11:00

HUMO va BC Card Janubiy Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi to‘lovlar tarmog‘ini bog‘lamoqda

BC Card va HUMO tizimi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endi mijozlar ham Koreyada, ham O‘zbekistonda to‘lovlarni o‘z kartalaridan foydalangan holda qulay amalga oshirishi mumkin bo‘ladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting