Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatovga chiqarilgan hukm sudlanuvchilardan birining appelyatsion shikoyati sababli hali kuchga kirgani yo‘q.
Guliston shahrida ijarada yashagan 21 yoshli O‘.A. ismli ayol 26 yoshli A.I. tomonidan rashk oqibatida o‘ldirilgan.
Avazbek Madaminov Adliya vazirligining Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi markaziy kengashi tomonidan tashkil etilgan suhbatida tavakkalchilikka asoslangan teleshoularni tartibga solish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekistonlik 32 yoshli Vitaliy Denisov Qozonning «Rubin» klubi tarkibiga qo‘shildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitalari va komissiyasining majlislari bo‘lib o‘tdi.
Toshkentda 1560 nafar yakka tartibdagi tadbikorning 21 mlrd so‘m, 3250 fuqaroning 1,7 mlrd so‘mlik soliq qarzi undirildi. Eng ko‘p soliq qarzdorligi qurilish korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bosh vazir tomonidan ilgari surilgan Elmira Bositxonova nomzodini bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qulladi. Hozirda qo‘mitaga Tanzila Norboyeva rahbarlik qilmoqda.
QQS bo‘yicha imtiyozlarning bekor qilinishi GM Uzbekistan kompaniyasini logistika va xarajatlarni optimallashtirishga majbur qiladi, deb hisoblaydi Moliya vazirligi. DSQ raqobat muhitini yaratish maqsadida chet el mashinalari uchun bojlarni qayta ko‘rib chiqadi.
Hukumat majburiy maktab formasini joriy etishni 2024−2025-o‘quv yiligacha kechiktirdi.
Milliy gvardiya Toshkentda besh nafar ayolning qo‘lga olinishiga ularning prezident kortejini to‘xtatmoqchi bo‘lganini sabab qilib ko‘rsatdi. OAVda ular Xotin-qizlar qo‘mitasi qabuliga borganida ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Prezident farmoni asosida Otabek Murodov O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimidan ozod etildi, uning o‘rniga Nig‘matilla Yo‘ldoshev tayinlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyatiga foyda keltiradigan ilmiy-texnik loyihalarning 50 foizini moliyalashtiradi.
NHHMPda «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
«Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari umumiy qiymati 73,4 million so‘mlik meva hamda tovar moddiy boyliklarini noqonuniy olib kirilishini to‘xtatishdi.
Sadritdin Mo‘minov viloyati hokimining qarori bilan Namangan tumaniga hokim etib tayinlandi.
Oksana Chusovitina Janubiy Koreyaning Cheju shahrida o‘tkazilgan Korea Cup musobaqasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Sirdaryo viloyatida agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.
Chortoq tumanida yashovchi M.T. ismli ayol Chig‘atoy mahallasida yashovchi M.N. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal sabab unga pichoq bilan jarohat yetkazdi.
Jizzax viloyatida Xitoyning Shaanxi kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting