«G‘ishtko‘prik» chegara bojxona posti orqali AQSH dollari hamda qozoq tengesini kiyimlari va paypoqlari ichiga berkitgan holda O‘zbekistondan olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqarolar to‘xtatildi.
Pensiya ishlarini rasmiylashtirish va yuritish tartibi hamda pensiya hujjatlarining shakllari va ularni to‘ldirish qoidalari to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan Qashqadaryoda haydovchi YPX inspektorini urayotgani aks ettirilgan videomaterialdagi holat IIV tomonidan o‘rganildi.
QHTBT portalida import poyabzalga solinadigan bojxona boji stavkasini oshirish ko‘zda tutilgan qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Forishda 2019−2020 yillarda qiymati 400 million AQSH dollari bo‘lgan, yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda «Jizzaxda GAI bilan haydovchi urushib ketdi…» nomi bilan tarqatilgan videomaterialdagi holatga IIV tomonidan oydinlik kiritildi.
Jahon banki O‘zbekistonga ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar miqdorida qarz ajratilishini tasdiqladi.
Andijon viloyatida 1,5 kg miqdorida marixuana aniqlandi. Xizmat iti yordamida 13 tup ko‘knori o‘simligi topildi.
Tashqi ishlar vazirligi Toshkentda Human Rights Watch vakili bilan sodir bo‘lgan hodisa o‘rganilayotganini ma’lum qildi. O‘zbekiston tashkilot faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va u bilan hamkorlikni davom ettiradi, deyiladi bayonotda.
Toshkentning Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi uchun videokamerali dronlar, kuzatuv kameralari va tashvishli videoxabarlar tizimidan foydalaniladi.
2017 yil boshidan buyon qiynoqlar va boshqa noinsoniy yoki qabr-qiymatni yerga uruvchi muomala shakllarini qo‘llagan 41 kishi jinoiy javobgarlikka tortildi.
Misrning sobiq prezidenti Muhammad Mursiy Qohirada sud majlisi vaqtida vafot etdi.
Yangi o‘quv yilidan boshlab OTMlar qabulni davlat buyurtmasi asosida amalga oshiradi. Bakalavriatning kunduzgi bo‘limlariga jami 80430 kishi qabul qilinadi.
Qarshida yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini 1000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi. Yil boshidan buyon bolalarni sotish bo‘yicha sakkiz holat haqida xabar qilindi.
Rossiyaning Saxalin viloyatida migrantlarni jalb qilish taqiqlangan ishlar ro‘yxati kengaytirildi. Landshaftlarni obodonlashtirish, ishga joylashtirish va reklama faoliyati shular jumlasidan.
O‘zPFL bosh direktori Omon G‘ofurov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi.
O‘tgan hafta Qoraqalpog‘istonda kuchli shamol uchirib yuborgan tomlarning yarmidan ko‘pi profnastildan tayyorlangan. Vaziyat respublika prokuraturasi tomonidan o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mamlakat fuqarolariga o‘tkir ensefalit sindromi tarqalayotgani sababli Hindistonning Bihar shtatiga bormaslikni tavsiya qildi.
AQSHning Geografik nomlar bo‘yicha kengashi Ukraina poytaxti nomini to‘g‘ri yozishning yangi me’yorini qabul qildi. Endilikda ingliz tilida Kiev emas, balki Kyiv deb yozish kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting