O‘zbekiston hokimliklari orasida birinchi bo‘lib Yakkasaroy tuman hokimligiga xalqaro sifat standarti tatbiq etilganini tasdiqlovchi xalqaro setifikat topshirildi.
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.
G‘allaorol tumanida seldan aziyat chekkan 21 ta xonadonga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi.
Hukumat tomonidan «Birinchi rezinotexnika zavodi» MCHJ yagona yetkazib beruvchi sifatida tan olindi.
Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Mirazizbek Mirzaxalilov oltin medal sohibi bo‘ldi.
O‘rtachirchiq tumanida ikki fuqaroning mast holda o‘zaro janjal tufayli bir-biriga pichoq bilan tan jarohati yetkazishi natijasida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bangkokda o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Nodirjon Mirzahmedov birinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
«Chirchiq» poligonida razvedka va boshqa muhim ma’lumotlarni tezkor almashish bo‘yicha qo‘shinlar jangovar shayligi tekshirildi.
Hukumat qarori bilan atrof-muhit uchun xavfli va sifatsiz bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish, ishlab chiqarish va sotish xavfi monitoringini yuritish tartibi tasdiqlandi.
Pekin shahrida «Bir makon, bir yo‘l» ikkinchi xalqaro forumi rasman ochildi.
24-apreldan Toshkent aholisi uchun sovuq suv tariflari oshirildi. “Suvsoz” korxonasi bu haqda 25-aprel kuni ma’lum qildi.
Toshkent va Samarqandda Pyotr Gersen nomidagi Moskva onkologiya ilmiy-tadqiqot institutining filiallari ochiladi.
Qattiq maishiy chiqindilarni saralab topshirganlarga loyiha hamkorlarining savdo shoxobchalarida sarflash mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari taqdim etiladi.
Rossiyaning «Lukoyl» kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihalarga 2 mlrd dollarlik sarmoya kiritmoqda. Mablag‘lar Janubiy Hisor va Qandim guruhi konlariga yo‘naltiriladi.
Bepul huquqiy maslahat berishga mo‘ljallangan www.advice.uz portali orqali turli sohalardagi qonunchilik haqida ma’lumot olish mumkin.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Pekin shahrida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi.
Yuqorichirchiq tumanida o‘zini departament xodimi deb tanishtirib, firibgarlik yo‘li bilan 1 million so‘m pulni olayotgan fuqaro qo‘lga olindi.
Shavkat Mirziyoyev 25 aprel kuni «Dyaoyuytay» qarorgohida Xalqaro valyuta jamg‘armasi boshqaruvchi direktori Kristin Lagardni qabul qildi.
Sergelida ko‘p qavatli uy-joylar qurilgani sababli u yerda yashovchi aholiga qulaylik yaratish maqsadida to‘rtta yangi umumta’lim maktablarining qurilish ishlari boshlandi.
Qashqadaryoda traktor ag‘darilishi natijasida jabrlangan og‘ir ahvoldagi fuqaroni harbiylar vertolyot yordamida kasalxonaga yetkazishdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting