O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari birinchi marta Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida o‘tkaziladigan «Tank biatloni"da ishtirok etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida «Study in Uzbekistan» («O‘zbekistonda tahsil ol») PR-markazi tashkil etiladi.
Sergelida uylarning narxlari masalasini o‘rganish, ularni imkon qadar arzonlashtirish bo‘yicha taklif ishlab chiqish bo‘yicha komissiya tuzildi.
O‘zbekiston Bosh prokuraturasi sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirov ishi bo‘yicha hibsga olingan Ulug‘bek Sunnatov va Ulug‘bek Hurramovga nisbatan qiynoqlar haqidagi xabarlarni rad etdi.
Qozog‘istonning Jambil viloyatidagi YTHda jabrlangan to‘qqiz o‘zbek fuqarosi O‘zbekiston FVV maxsus bortida O‘zbekistonga olib kelindi. Bir fuqaro Tarazdagi shifoxonada qolmoqda.
Shri-Lankada mehmonxonalar va katolik cherkovlaridagi portlashlarda eng kamida 137 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qozog‘istondagi YTH sabablarini o‘rganish hamda halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun hukumat komissiyasi tuzildi.
O‘zbekiston FVV Qog‘ozistonda avtobus avariyasi natijasida 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani, 12 nafari jarohatlanganini xabar qildi.
Prezident 2019−2021 yillarda aholiga endokrinologiya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish milliy dasturini tasdiqladi.
Chimkent-Olma Ota trassasidagi avariyada 11 kishi halok bo‘ldi va 29 kishi jarohatlandi. Yetti o‘zbekistonlikning jarohat olgani ma’lum qilindi.
Koreya Sog‘liqni saqlash vaziri Pak Ning Xu «Sog‘liqni saqlash a’lochisi» ko‘krak nishoni hamda Toshkent tibbiyot akademiyasining faxriy professori unvoni bilan taqdirlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Koreya Respublikasining Kichik va o‘rta biznes hamda startaplar vazirligi memorandum imzoladi.
O‘zbekiston harbiy xizmatchilari tomonidan davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tish holatini tezkorlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi. Mashg‘ulotlar Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston chegalarida o‘tkazildi.
Toshkentda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida chiqqan nizo bo‘yicha ikki o‘quvchining ota-onasi jarimaga tortildi, o‘qituvchining ishdan bo‘shash haqidagi arizasi inobatga olinmadi.
Mirobod tumanida yashovchi R.K. tanishi F.K.dan 45 000 AQSH dollarini olib, pulni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani uchun qo‘lga olindi.
Namangan shahrida prezident maktabining qurilishiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Aktyor va model Daler Yusuf O‘zbekistonning Malayziyadagi turizm elchisi etib tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Mun Chje In rafiqalari bilan birga ikki mamlakat san’at ustalarining konsert dasturida ishtirok etdi.
Hukumat qarori bilan mahallalar fuqarolar yig‘inlarining raislari tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
N.N. o‘z boshqaruvidagi «Damas"ni «Toshkent-Termiz» yo‘lida haydab ketayotib, «Isuzu"ning orqasiga urilishi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting