OTB Markaziy Osiyo energotizimi ichida energiya savdosini kengaytirish, Turkmanistonning unga qo‘shilishini o‘rganish va tizimni Afg‘onistonda kengaytirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Britaniyaning The Guardian gazetasi Samarqandni 2019-yilda sayohatchilar uchun 40 ta eng yaxshi yo‘nalishga kiritdi.
Andijon viloyati hokimining o‘rinbosari Salombek Habibullayev infarkt sababli vafot etdi.
Prezident qarori bilan shahar va shaharlararo yo‘lovchi tashuvchi xizmat ko‘rsatish uchun qo‘shimcha litsenziya olish talablari bekor qilindi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov klublarga va’da qilingan mukofot pullari nima uchun berilmayotganiga aniqlik kiritdi.
Prezident qarori bilan xostellarni reyestrga kiritish talabini belgilagan holda xostellarning mehmonxona xizmatini majburiy sertifikatsiyalash talabi bekor qilindi.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov PFL faoliyati, superliga formati haqida fikr bildirdi.
Prezident qarori asosida 2019−2021 yillarda O‘zbekistonda mehmonxonalar qurilishining maqsadli parametrlari tasdiqlandi.
Nukusda 2002 yilda tug‘ilgan o‘smirni yo‘lovchi poyezdi bosib ketdi.
Respublika bo‘yicha 2018 yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Fuqarolari O‘zbekistonga kirish elektron vizalarini olishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati 76 taga kengaytirildi. Ko‘p martalik elektron vizalar joriy etiladi.
O‘zbekiston chet elliklar uchun yangi viza toifalarini — Vatandosh, Student visa, Academic visa, Medical visa va Pilgrim visa joriy etadi.
Prezident tasdiqlagan turizmni rivojlantirish konsepsiyasida ichki va xalqaro aviaqatnovlar, temir yo‘l va avtomobil tashuvlarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
1 martdan O‘zbekistonda tasvirga olishni taqiqlovchi belgi yo‘q har qanday joyda foto va videotasvirga olishga ruxsat beriladi.
O‘zbekistonda mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishda propiska va nikoh guvohnomasi talab qilinmaydi.
FVV is gazi nimasi bilan xavfli ekani va undan zaharlanmaslik uchun zarur choralar haqida ma’lumot berdi.
Toshkentda arzon uylar sotib olish va qurishga kredit ajratishga ixtisoslashgan «Poytaxt bank» Markaziy bank litsenziyasiga ega bo‘ldi.
Yanvar-fevral oylarida Toshkent avtobus saroylari 60 da ortiq MAN va SAZ LE 60 avtobuslariga ega bo‘ladi.
Yangi yildan Toshkentda xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish boshlandi. Viloyatlarda rasmiylashtirish ishlari dushanba kunidan boshlanishi lozim.
JIEBB huzuridagi ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarga mas’ul hisoblangan Probatsiya xizmatiga boshliq tayinlandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting