Elektrotexnika sanoatining eksport salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
5 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida ilk marotaba 24 ta terma jamoa qatnashayotgan futbol bo‘yicha Osiyo kubogi start oladi.
O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi mustaqil alohida organ tashkil etish rejalashtirilmoqda.
«El-yurt umidi» jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida prezident qarori qabul qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tagan abituriyentlar uchun OTMga kirishda alohida kvotalar ajratish taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida yashagan B.Sh.ning uyida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida xonadon egasi vafot etdi.
Farg‘onada viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga, shahar, tuman tibbiyot birlashmalariga xizmat avtomashinalari topshirildi.
«Sirdaryo» chegara bojxona posti orqali 30 xil turdagi, jami 48 dona parfyumeriya mahsulotlarini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs fosh etildi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri 2019 yilda O‘zbekistonda oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 20 foizga yetkazilishini bildirdi.
2019 yil uchun Davlat dasturi loyihasida Soliq kodeksining yangi tahriri sentyabr oyiga kelib ishlab chiqilishi nazarda tutilgan.
Osiyo kubogi guruh bosqichi uchrashuvlarida maydon ortidagi hakamlar xizmatidan foydalaniladi. Chorak finaldan boshlab esa ular o‘rniga VAR tizimi ishlaydi.
Paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari tashkilotchilariga berilgan maydonlarda urug‘lik paxta xomashyosini yetishtirishni moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Yunusobod tumanining sobiq hokimi Baxtiyor Abdusamatov va boshqa mansabdor shaxslarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
«Qum ota buva» fermer xo‘jaligiga tegishli, umumiy qiymati 980.000 so‘mlik moshlarni o‘g‘irlagan Sh. Elbekov va F.Ubaydullayeva, shuningdek ayolni jazolagan shaxslarga nisbatan ma’muriy hukm o‘qildi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1708, jumladan Toshkentda 91 bola dunyoga keldi.
Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev 2019 yilda O‘zbekiston 34 ta nufuzli sport musobaqasi o‘tkazilishini bildirdi.
Oltiariq tumanidan oqib o‘tuvchi So‘x-Shoximardonsoy kanalidan qiz jinsiga mansub chaqaloq murdasi topildi.
Samarqandda haydovchilik guvohnomasisiz Lacetti avtomobilini boshqargan o‘smir Matiz bilan to‘qnashuv sodir etdi, uch yoshli bola halok bo‘ldi.
4 yanvar kuni juma namozi vaqtida Rahimberdi Rahmonov Toshkent bosh imom xatibi sifatida tanishtirildi.
Bosh vazir o‘rinbosarlarining bir vaqtning o‘zida muayyan idoraga rahbarlik qilish amaliyotini bekor qilinib, ular soni optimallashtiriladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting