GM Uzbekistan, SamAuto va JV MAN Auto-Uzbekistan soliq imtiyozlaridan mahrum etildi. Endilikda ular faqat QQS to‘lovidan ozod qilinadi.
Sergeli tumanida yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mdan oshgan 430 tadbirkorlik sub’yekti umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tadi.
Prezident qarori bilan tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish uchun zarur bo‘lgan butlovchi qismlar va xom ashyo 2021 yil 1 yanvargacha bojxona bojini to‘lashdan ozod etiladi.
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Surxondaryodagi «Gulbahor» chegara bojxona posti xodimlari fuqaro B.D. hamda uning boshqaruvidagi «Nexia» avtomobili tekshirilganda 10500 AQSH dollari berkitilgani aniqlandi.
Shavkat Mirziyoyev 28 dekabr kuni Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Toshkentning Mirobod tumanida yashagan T.G‘.ning uyida yong‘in sodir bo‘lishi natijasida u yerdan uy egasining kuygan holdagi jasadi topilgan.
Farg‘onada chorvachilik va naslchilik ishlarini tubdan takomillashtirish, tarmoq faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov XFN Fight nights doirasida polshalik Grzegorz Sivini 3-raundda mag‘lubiyatga uchratdi.
Qoraqalpog‘iston go‘sht yetkazib berishga ixtisoslashgan 15 mlrd. 400 mln. so‘mlik, tuxum yetkazib berish bo‘yicha esa 20 mlrd. so‘mlik parrandachilik klasterlari tashkil etiladi.
Prezident parlamentga murojaatnomasidan so‘ng Yangi yil bayrami maydoniga tashrif buyurib, odamlar bilan suhbatlashdi.
Shavkat Mirziyoyev prezident huzurida alohida Ekspert kengashi tashkil etib, unga xorijiy mamlakatlarning nufuzli olimlari va amaliyotchilari jalb qilish zarurligini aytdi.
Shavkat Mirziyoyev davlat byudjetini qabul qilish va uning ijrosini ko‘rib chiqishga alohida ahamiyat berish zarurligi qayd ta’kidladi.
Prezident parlamentga murojaatida Vazirlar Mahkamasi a’zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlash amaliyotini kiritishni taklif qildi.
Prezident murojaatnomasida 2025 yilda xorijiy sayyohlar soni 7 million nafarga yetishiga, turizmdan keladigan daromad 2 milliard dollardan ziyod bo‘lishiga erishish lozimligi ta’kidlandi.
Murojaatnomada jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish haqida gapirgan prezident yozgi Osiyo o‘yinlarini O‘zbekistonda o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.
Prezident eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich eng zamonaviy sharoitga ega bo‘lgan yangi uylar qurish dasturini ishlab chiqish lozimligini aytdi.
Prezident tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, jamoat joylarida bepul Wi-Fi hududlarini tashkil etish choralarini ko‘rilishi kerakligini aytdi.
Prezident murojaatnomada pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‘lash tartibini qayta ko‘rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish zarurligini aytdi.
Prezident Oliy Majlisga murojaatnomasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning narxini davlat tomonidan belgilash amaliyotini butunlay qayta ko‘rib chiqish kerakligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting