Sirdaryo tumanida 25 sentyabr kuni noma’lum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan piyoda R.X.ni urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lib, voqea joyidan ketib qolgandi.
Ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Emomali Rahmonning taklifiga binoan 27 sentyabr kuni Tojikistonga tashrif buyurdi.
«Toshshahartransxizmat» AJning uch katta lavozimdagi xodimlari o‘z ishida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tufayli lavozimlaridan ozod qilindi.
Alamjon Mullayev O‘zbekiston karate federatsiyasi raisi etib saylandi.
Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev MDH davlat rahbarlari kengashi majlisida qatnashish uchun Dushanbega jo‘nab ketdi.
Poytaxtda svetoforning qizil chirog‘i yonib turganda barcha yo‘l harakati ishtirokchilarini o‘tkazib yuborgan holda o‘ngga burilish huquqini beruvchi yo‘l belgisini o‘rnatish boshlandi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Navoiyda tarkibida oltin zarralari bo‘lgan qumni o‘g‘irlagan shaxslar ichki ishlar organlari xodimiga pora berayotganda ushlandi.
To‘rtko‘l tumani hududidan o‘tgan 380-trassasida sodir bo‘lgan YTHda to‘rt kishi vafot etdi.
O‘tkir Tursunqulov «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari etib tasdiqlandi.
Fransiyaning Serji-Pontuaz universiteti va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Bojxona hududiga keladigan tovarlar va transport vositalarini rasmiylashtirishda bojxona tartibotlarini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha «El-yurt umidi» jamg‘armasi tashkil etildi.
Navoiy viloyatidagi YTHda uch kishi halok bo‘ldi, ularning ikki nafari — Pokiston fuqarolari.
Hindistonning Beta Drugs kompaniyasi O‘zbekistonda onkologik preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Zavodning yillik quvvati 72 million tabletka va kapsulani tashkil etadi.
Madaniyat vazirligida madaniy meros sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar haqida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Hindiston Milliy muzeyida «O‘zbekiston-Hindiston: madaniyatlar muloqoti» ko‘rgazmasi ochildi.
Turkmaniston aholisi uchun endi elektr energiyasi, gaz, suv va tuz bepul emas.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting