Vazirlar Mahkamasi oilaviy mehmonxona uylarini tashkil etish va faoliyatini yuritishni tartibga soldi.
“Urganch” xalqaro aeroporti 8-avgust kuni ichki reyslar uchun ochiladi. Moskva va Sankt-Peterburgga qatnovlar esa 10-avgustdan tiklanadi.
«Umid» fondi bitiruvchisi, bunga qadar AQSHda yashagan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari v.b. etib tayinlandi.
Oliy Majlis Senatining qo‘mitalari tomonidan joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil axborot berildi.
Test sinovlari materiallari maxfiyligi va daxlsizligini ta’minlagan holda test sinovlaridan 1 kun avval, 6 avgust kuni test sinovlari o‘tkaziladigan 57 ta binoga yetkazildi.
Marg‘ilon shahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan jinoyat ishi yuzasidan sud o‘z hukmini chiqardi. Aybdorlar o‘z qilmishiga yarasha jazo oldi.
Xalq ta’limi vazirligi AKT sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalarni davlat-xususiy sherikchiligi ko‘rinishidagi hamkorlikka taklif etmoqda.
Farg‘ona viloyatida chaqiruv bo‘yicha kelgan tez tibbiy yordam shifokoriga bemorning qarindoshi hujum qilib, unga jarohat yetkazdi.
30 iyuldan 5 avgustgacha O‘zbekistonda 160 ta YTH qayd etilib, ularda 44 kishi halok bo‘ldi, 142 kishi jarohatlandi.
Prezidentning «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada isloh qilishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Buxoroda mashina ag‘darilib ketishi natijasida haydovchi voqea joyida, yo‘lovchi esa kasalxonada vafot etdi.
Test sinovlarining beshinchi kunida 57 676 nafar abituriyent imtihonlarda ishtirok etdi.
Yangiyo‘l tumanida joylashgan 13-umumta’lim maktabi o‘qituvchilari ma’muriyat tomonidan maktab hududida majburiy mehnatga jalb etilgan.
Yakkabog‘ tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Bahrom Jo‘rayev sobiq xodimi yetkazgan tig‘ jarohatidan vafot etdi.
Shavkat Mirziyoyev Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya izhor etdi.
Nurmat Otabekov Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori lavozimiga tayinlandi.
Toshkentning Sergeli tumanida gaz-havo aralashmasi chaqnashidan uch kishi jarohat oldi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Ektor Kuper bilan keyinchalik bir yilga uzaytirilishi mumkin bo‘lgan uch yillik shartnoma imzoladi.
O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi Qo‘qon hamda Janubiy Koreyaning Kyongido provinsiyasidagi Pxochxon shaharlari qardoshlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi.
Bosh prokuratura soliq va bojxona sohalaridagi islohotlarda qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni kuchaytiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting