Shvetsiyadan ustun kelgan Angliya yarimfinalda Rossiya — Xorvatiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Bunyodkor shoh ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Chilonzor metro bekatigacha bo‘lgan qismi transport harakati uchun yopildi.
10 iyun kuni Urganch tuman hokimi o‘rinbosari v. b. etib tayinlangan Bekzod Abdrimov 1 iyul kuni 5 mln so‘m miqdorida pora olayotganda ushlandi.
Amaldagi qonunchilik 51 holatda mahalla ma’lumotnomalari berilishini ko‘zda tutadi. Adliya vazirligi bularni bekor qilish taklifini ilgari surdi.
«Yoshlar — kelajagimiz» fondiga bunga qadar Bosh prokuraturada boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Bunyod Bahrombekov ijrochi direktor bo‘ldi.
«O‘zbekiston havo yo‘llari» futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasining 240 nafar muxlisini Londondan Samaraga va ortga olib boradi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston xalqini Ostona shahrining 20 yilligi bilan tabrikladi.
Urugvaydan ustun kelgan Fransiya terma jamoasi yarimfinalda Braziliya — Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.
Eski elektr hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish hududiy elektr tarmoqlari korxonalari hisobidan amalga oshiriladi.
Gazeta.uz va Zira.uz sahifalari mazali sabzavotli taomlar jamlanmasini taqdim etadi.
Toshkentdagi oziq-ovqat bozorlarida turg‘un savdo shoxobchalarini onlayn-auksionlar orqali ijaraga berish taklif etilmoqda.
Kattaqo‘rg‘on IIBning sobiq tezkor vakili San’at Umarovga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Qozog‘iston poytaxti Ostonada bo‘lib turgan Shavkat Mirziyoyev Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bilan uchrashdi.
Deputat Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘on IIB rahbari va prokurorini ayol kishini tahqirlash holati bo‘yicha aybni o‘ziga olish va iste’foga chiqishni taklif qildi.
Yil oxirigacha qiymati 402,2 mlrd so‘mlik 40 ta bolalar bog‘chasi quriladi.
Ravshan Ermatov Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionati-2018 turniridan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bolalarning tasvirlarini OAV, internet va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishda konfidensiallikka rioya qilish, ehtiyot choralarini ko‘rish vaqti kelmadimi?
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston poytaxtida Nrsulton Nazarboyev bilan «Ostona» xalqaro moliya markaziga tashrif buyurdi.
Boysun tumanida ikkita Nexia avtomobili to‘qnashuvi natijasida yetti kishi halok bo‘ldi, uch kishi jarohatlandi.
Shavkat Mirziyoyev Ostona shahrining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting