Huquq-tartibot idoralari xodimlari yana qariyb 30 kg giyohvand moddani musodara qildi
Kecha, 16:51

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yana qariyb 30 kg giyohvand moddani musodara qildi

DXX va IIVning “Qoradori” operatsiyasi ikkinchi bosqichi 28,8 kg giyohvand modda va 9421 ta kuchli ta’sir etuvchi dori vositalarining musodara qilinishi bilan yakunlandi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar 18 ta o‘qotar va 126 ta sovuq qurol aniqlab, qidiruvda bo‘lgan 53 nafar shaxsni ushladi.

Inflyatsion kutilmalar: aholi va biznes eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashidan tashvishlanmoqda
Kecha, 16:08

Inflyatsion kutilmalar: aholi va biznes eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashidan tashvishlanmoqda

Yanvarda aholining kelgusi bir yil uchun inflyatsion kutilmalari o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,4 foizni tashkil etdi. Tadbirkorlarning kutilmalari pasaydi (-1 foiz). Aholi ham, biznes ham kelgusida narxlar oshishiga eng ko‘p kommunal xizmatlar qimmatlashishi sabab bo‘lishini qayd etgan.

Bosh prokuratura quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladi
Kecha, 16:04

Bosh prokuratura quyosh panellari o‘rnatilishini nazorat qiladi

Davlat dasturini amalga oshirish to‘g‘risidagi prezident farmoni bilan Bosh prokuraturaga quyosh panellarini o‘rnatish rejasining ijrosini ta’minlash topshirildi. Energetika vazirligi hokimliklar bilan birgalikda ularni tuman va shaharlarda o‘rnatish dasturini ishlab chiqadi.

Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi
Kecha, 15:41

Toshkentda bolalarga litsenziyasiz xizmat ko‘rsatgan shifoxona aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi va SSV Toshkentdagi Nazar Medical shifoxonasi bolalar terapevtik stomatologiyasi bo‘yicha tibbiy faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega emasligini aniqladi. Qo‘mita klinikadagi tekshiruvni bir ayol va bolaga sifatsiz tibbiy xizmat ko‘rsatganidan so‘ng o‘tkazgan.

DXX qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi
Kecha, 15:31

DXX qo‘shni davlatlardan olib kelingan qariyb 8 kg giyohvand moddalar savdosiga chek qo‘ydi

Farg‘onada Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Yanvarda aholiga eng ko‘p elektr va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi
Kecha, 15:07

Yanvarda aholiga eng ko‘p elektr va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi

Yanvar yakunlariga ko‘ra, aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi dekabrga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 14,7 foizni tashkil etdi. Aholi oy davomida eng ko‘p elektr energiyasi, gaz, go‘sht va tuxum narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgani qayd etdi.

Mobiuz’dan mehr bilan: surxondaryolik g‘olib abonentga BYD avtomobili topshirildi
Kecha, 15:00

Mobiuz’dan mehr bilan: surxondaryolik g‘olib abonentga BYD avtomobili topshirildi

Jarqo‘rg‘on tumani Kakaydi qo‘rg‘onida yashovchi Munisa Xaitmurodova Mobiuz o‘tkazgan MobiDRIVE aksiyasining uchinchi g‘olibi bo‘ldi.

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi
Kecha, 14:59

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish tartibi belgilandi

Adliya vazirligida “Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish uslubiyoti” ro‘yxatdan o‘tkazildi. U normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan o‘tkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solinishini belgilaydi.

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi
Kecha, 14:42

Qashqadaryoda 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi

Qarshi shahrida 17 yoshli qiz o‘zini 16 qavatli uy tomidan tashlab halok bo‘ldi. Hodisani ko‘rgan fuqarolar uni to‘xtatishga harakat qilgan, biroq qiz ularga quloq solmagan.

2024-yilda O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qariyb 40 mlrd dollarni tashkil qildi
Kecha, 14:03

2024-yilda O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyot hajmi qariyb 40 mlrd dollarni tashkil qildi

2024-yilda O‘zbekiston iqtisodiyotining kuzatilmaydigan hajmi 505 trln so‘mdan oshib, yalpi ichki mahsulotning 34,8 foizini tashkil etdi. Yashirin iqtisodiyotning asosiy qismi qishloq xo‘jaligi, qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalariga to‘g‘ri keladi.

Buxorodagi magistral gaz quvurida gaz sizib chiqishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi
Kecha, 14:00

Buxorodagi magistral gaz quvurida gaz sizib chiqishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi

Dushanba kuni Buxoro viloyatidagi “Buxoro-Ural” magistral gaz quvurida gaz sizib chiqishi bilan bog‘liq avariya yuz berdi. “O‘ztransgaz” va Energetika vazirligi “holatni bartaraf etish bo‘yicha barcha zaruriy choralar ko‘rilayotganini” ma’lum qildi.

Samarqandda ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etgani aytilmoqda
Kecha, 13:34 1

Samarqandda ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etgani aytilmoqda

Samarqand viloyatida 27 yoshli ayol eri tomonidan kaltaklanganidan so‘ng bir necha kun o‘tib ahvoli yomonlashgan va shifoxonada vafot etgan. Zo‘ravonlikka uchragan ayol dastlab holatni mahalla idorasiga ma’lum qilgan. Biroq mahalla bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bermagan.

Yanvarda O‘zbekistonda inflyatsiya tezlashdi
Kecha, 12:03

Yanvarda O‘zbekistonda inflyatsiya tezlashdi

Yanvarda O‘zbekistonda rasmiy inflyatsiya 0,72 foizni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning yanvar oyiga nisbatan yuqori. Kartoshka 23,9 foizga, kungaboqar yog‘i 2,2 foizga, go‘sht 1,1−1,2 foizga qimmatladi. Davlat bog‘chalari uchun to‘lovlar miqdori 21 foizga oshdi.

Xitoyda nikohlar soni 2024-yilda 20 foizga kamaydi
Kecha, 12:01

Xitoyda nikohlar soni 2024-yilda 20 foizga kamaydi

2024-yilda Xitoyda nikohlar soni beshdan bir qismga qisqardi: 6,1 milliondan ortiq juftlik nikohdan o‘tdi. Turmush qurishga bo‘lgan qiziqishning pasayishi uzoq vaqtdan beri Xitoyda bola parvarishlash va o‘qitishning qimmatligi bilan bog‘liq. Mamlakat aholisi ketma-ket uchinchi yil kamayib bormoqda.

Surxondaryoda yuk mashinasidagi supurgilar dastasi ichidan 612 kg “gashish” topildi — foto
Kecha, 12:00

Surxondaryoda yuk mashinasidagi supurgilar dastasi ichidan 612 kg “gashish” topildi — foto

“Ayritom” chegara bojxona postidagi yuk avtomobilida 2986 dona supurgi dastagi ichidan 612 kg “gashish” giyohvandlik vositasi topildi. Mashina O‘zbekistonga tranzit o‘tish uchun kirib kelgan. Giyohvandlik vositasining qora bozordagi narxi taxminan 16,5 mln dollarga baholanmoqda.

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
Kecha, 11:27

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonda yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘ylab asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kutilmoqda. Kunduzgi harorat 0…+5 daraja bo‘ladi. 12-fevraldan harorat asta-sekin ko‘tarila boshlaydi, 14-fevralga kelib havo +8…+11 darajagacha iliydi.

2025-yilda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi
Kecha, 10:50

2025-yilda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi

Prezident farmoniga muvofiq, 2025-yilda “Soyali sayr ko‘chalari” tarmog‘i yaratiladi, sohil va daryo bo‘ylarida 80 ta infratuzilma obyekti va 110 kilometrdan ortiq sog‘lomlashtirish yo‘laklari quriladi.

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” binolarini qariyb 34 mln dollarga sotib oldi
Kecha, 10:25

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” binolarini qariyb 34 mln dollarga sotib oldi

Anorbank Toshkent markazidagi Energetika vazirligi va “O‘ztransgaz” kompaniyasi binolarini 439,6 mlrd so‘mga (34 mln dollar) sotib oldi. Dekabr oyi oxirida Energetika vazirligi Yangi Toshkentga ko‘chib o‘tishi, u yerda davlat organi va uning tuzilmalari uchun yangi bino qurilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi
Kecha, 10:00

Samarqandda Cobalt va yuk mashinasi to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Payariq tumanida Cobalt xavfli burilish paytida “KamAZ” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchisi shifoxonada vafot etdi.

Foto: Toshkentda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi
Kecha, 09:49

Foto: Toshkentda O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi

Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. Namoyishga 70 ga yaqin fotosuratga qo‘yilgan bo‘lib, ularning aksariyati muallifi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, fotorassom Abdug‘ani Jumadir. Ko‘rgazma 12-fevralgacha davom etadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting