Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratish, tashqi siyosatning ustuvor yo‘nalishlari va terrorizmga qarshi kurash usullarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi to‘g‘risida so‘zladi.
O‘zbekiston Prezidenti va XVJ rahbari iqtisodiy va tuzilmaviy islohotlar, shuningdek mamlakatda investitsion muhitni yaxshilash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston Futbol federatsiyasi ustuvor vazifalar haqida ma’lum qildi. Terma jamoa bosh murabbiyining tayinlanishi, kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurash va elektron chiptalarni joriy qilish shular jumlasidan.
Hukumat Kommunal xizmatlarning yagona billing tizimini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqladi.
The Wall Street Journal gazetasi qadamba-qadam dunyoga ochilayotgan O‘zbekiston to‘g‘risidagi maqolani e’lon qildi.
Toshkentda an’anaviy AKT haftaligi boshlandi. Uning doirasida ICTSummit, ICTForum va ICTExpo kabi yirik tadbirlar o‘tkaziladi.
Fuqarolardan 2017 yilgi islohotlar to‘g‘risida fikr-mulohazalar so‘ralib, 2018 yilgi Davlat dasturi loyihasi uchun takliflar jamlanmoqda.
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-Yorkka yetib bordi. Jon Kennedi aeroportida uni Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi rahbari qarshi oldi.
«Guliston-Angren» yo‘lida sodir bo‘lgan YTH natijasida to‘rt kishi vafot etdi. Yil boshidan buyon Toshkent viloyatida odamlar o‘limi va jarohatlanishiga olib kelgan 900 dan ziyod YTH qayd etildi.
Markaziy bank ketma-ket ikkinchi hafta AQSH dollari kursini pasaytirmoqda.
Ostonada qurilayotgan binoning tom va devorlari qulab tushishi oqibatida O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi halok bo‘ldi.
Botanika va zoologiya instituti bazasida ikkita alohida ilmiy muassasa tashkil etildi.
Plastik kartochkalarni chiqarish va to‘lov terminallari ijarasi tariflari so‘mga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Prezidenti Yopiq inshootlarda va jang san’atlari bo‘yicha V Osiyo o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Ostona va Toshkentdagi o‘zbek-qozoq biznes-forumlar yakunlari bo‘yicha 1,2 mlrd dollarlik shartnomalar imzolandi.
O‘zbekiston Bangladeshga 8000 rohinja qochoqlari oilalari uchun insonparvarlik yordamini yetkazadi.
O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasi umumiy muzokaralarida nutq so‘zlaydi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qator hujjatlar imzolandi. Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni «El-yurt hurmati» ordeni bilan taqdirladi.
Har bir tuman va shaharda eng kamida bittadan nodavlat ta’lim muassasasi ochiladi. 10 foiz o‘rinlar ehtiyojmand oilalarning iqtidorli bolalari uchun bepul ajratiladi.
Toshkentda transport vositalari chiqarayotgan zaharli gazlar miqdorini tekshirish bo‘yicha «Toza havo» operatsiyasi o‘tkazilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting