AQSh IShID bilan aloqador uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga sanksiyalar kiritdi
15 iyun 2024, 02:25

AQSh IShID bilan aloqador uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga sanksiyalar kiritdi

AQSh Davlat departamenti IShIDning kontrabanda tarmog‘iga aloqadorlikda gumon qilingan uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga qarshi sanksiyalar e’lon qildi.

Toshkentda besh oyda YTHlarda 29 kishi halok bo‘ldi
15 iyun 2024, 02:00

Toshkentda besh oyda YTHlarda 29 kishi halok bo‘ldi

Yanvar-may oylari davomida Toshkent shahrida rasman 393 ta YTH qayd etilgan bo‘lib, ularda 29 kishi halok bo‘lgan, yana 364 kishi jarohat olgan. YTHlarning 61 foizi piyodalar ishtirokida sodir etilgan.

Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. U haqda nimalar ma’lum?
15 iyun 2024, 01:36

Shveysariyada Ukraina bo‘yicha tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. U haqda nimalar ma’lum?

Shu hafta oxirida Byurgenshtokda Ukraina va Shveysariya tashkilotchiligidagi tinchlik sammiti bo‘lib o‘tadi. Maqsad — Ukrainaning Rossiya bilan urushni tugatish uchun “tinchlik formulasi"ni global qo‘llab-quvvatlash. “Gazeta.uz” anjuman va uning ishtirokchilari haqida nimalar ma’lumligi haqida yozadi.

Samarqandda erkak qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi
14 iyun 2024, 22:00

Samarqandda erkak qaynotasi va qaynonasini o‘ldirdi

Samarqand viloyati Payariq tumanida oilaviy kelishmovchilik sabab kelib chiqqan janjalda 62 va 60 yoshli qaynota va qaynonasini pichoqlab o‘ldirgan erkak qo‘lga olindi.

Sobiq diplomat Qodir Yusupov jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqdi
14 iyun 2024, 21:43

Sobiq diplomat Qodir Yusupov jazo muddatini o‘tab, ozodlikka chiqdi

Davlatga xiyonatda ayblanib, 5,5 yilga ozodlikdan mahrum etilgan sobiq diplomat Qodir Yusupov butun jazo muddatini o‘tab bo‘lgach, ozodlikka chiqdi.

Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizildi
14 iyun 2024, 21:30

Jizzaxda Nexia bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi shifoxonaga yotqizildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida Nexia va Cobalt mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda haydovchilardan biri shifoxonaning travmatologiya bo‘limiga yotqizildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (15−18-iyun)
14 iyun 2024, 21:17

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (15−18-iyun)

To’qqizta kinopremyera, ochiq osmon ostida kinonamoyishlar, “Comic Con Tashkent” festivali, spektakllar, ko’rgazmalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

O‘zbekiston Koreyaning infratuzilma va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor — Shavkat Mirziyoyev
14 iyun 2024, 21:10

O‘zbekiston Koreyaning infratuzilma va shaharsozlik sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganishdan manfaatdor — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston-Koreya biznes forumida Shavkat Mirziyoyev “yuqori texnologik va innovatsion hamkorlikning yangi davri” boshlanayotganini aytdi. Infratuzilma va shaharsozlik, transport, mashina butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, xomashyoni qayta ishlash sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi
14 iyun 2024, 19:54

Uchqo‘rg‘on tumani hokimi o‘zgardi

Fevral oyida Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumani hokimi etib tayinlangan Muhammad Haydarov “yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar” sabab lavozimidan ozod etilib, uning o‘rnini Dilshod Mirxanov egalladi.

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi, 4 kishi jabrlandi
14 iyun 2024, 19:29

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi, 4 kishi jabrlandi

Toshkentda 131 va 58-yo‘nalishdagi ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi. YTH sababi — oraliq masofani saqlamaslik.

“Bizga qamalganining foydasi yo‘q”. Sudda “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Munira Kariyevaning tovon puli to‘lashiga rozi ekanini aytmoqda
14 iyun 2024, 19:20

“Bizga qamalganining foydasi yo‘q”. Sudda “Dok-1 Maks” jabrlanuvchilari Munira Kariyevaning tovon puli to‘lashiga rozi ekanini aytmoqda

“Dok-1 Maks” ishiga oid apellyatsiya sudida Sardor Kariyevning onasi Munira Kariyeva o‘g‘lini uy qamog‘iga o‘tkazish evaziga 75,6 mlrd so‘mlik tovon pulini to‘lashni boshlashni so‘radi. Jabrlanuvchilarning otalari moliyaviy ahvoli sababli buni qabul qilmoqchi. Ajrim hali chiqmadi. Batafsil — “Gazeta.uz” reportajida.

IndiGo 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasida parvozlarni har kuni amalga oshiradi
14 iyun 2024, 17:51

IndiGo 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasida parvozlarni har kuni amalga oshiradi

Hindistonning IndiGo aviakompaniyasi 17-avgustdan Dehli va Toshkent o‘rtasidagi parvozlar sonini haftasiga to‘rt martadan yetti martagacha oshiradi.

“Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammit Seulda 2025-yil o‘tkaziladi
14 iyun 2024, 17:20

“Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammit Seulda 2025-yil o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidenti 2025-yil Seulda “Markaziy Osiyo — Koreya” formatidagi birinchi sammitni o‘tkazish taklifini ma’qulladi. Shuningdek, davlat rahbarlari ikki mamlakat hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidladi.

“Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” seminari bo‘lib o‘tdi
14 iyun 2024, 17:00

“Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” seminari bo‘lib o‘tdi

“Ipoteka-bank”, YTTB hamda “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi hamkorlikda “Ayollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkillashtirdi.

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi
14 iyun 2024, 15:19

O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 17 ta hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari alohida strategik sheriklikni kengaytirish to‘g‘risidagi bayonotni imzoladi. Shuningdek, 17 ta hujjat imzolandi: Hyundai Rotem poyezdlari xaridi, maktablarni jihozlar bilan ta’minlash, innovatsion farmatsevtika klasterini yaratish, JST doirasida hamkorlik va boshqalar.

O‘zbekiston va Koreya 7 ta yo‘nalishda strategik hamkorlik qilmoqchi
14 iyun 2024, 14:25

O‘zbekiston va Koreya 7 ta yo‘nalishda strategik hamkorlik qilmoqchi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kelgusi 3 yilda o‘ta muhim minerallar, yarimo‘tkazgichlar, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, mashinasozlik, shaharsozlik, xavfsiz energetika — jami 7 ta yo‘nalishda hamkorlik qilmoqchi. 2025-yilni “O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi o‘zaro almashinuvlar yili” deb nomlash ham taklif etildi.

O‘zbekiston va Koreya hamkorlikning yangi modelini shakllantiradi
14 iyun 2024, 14:03

O‘zbekiston va Koreya hamkorlikning yangi modelini shakllantiradi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari hamkorlik salohiyatidan samarali foydalanish, yirik yuqori texnologik loyihalarni aniqlash va yangi sheriklik modelini shakllantirish yuzasidan kelishuvga erishdi.

Yangi Alfraganus SKMda O‘zbekistondagi 24-KFC restorani ochilishi bo‘lib o‘tdi
14 iyun 2024, 13:00

Yangi Alfraganus SKMda O‘zbekistondagi 24-KFC restorani ochilishi bo‘lib o‘tdi

Alfraganus SKMda KFC`ning O‘zbekistondagi 24-restorani ochildi. Shu munosabat bilan hozirda yangi filialda 25 ming so‘m evaziga o‘z basketini yig‘ish imkoniyatini beruvchi My Bucket nomli aksiya amal qilmoqda.

Tamaraxonim uy-muzeyidagi raqqosaning liboslari restavratsiya qilindi (foto)
14 iyun 2024, 12:40

Tamaraxonim uy-muzeyidagi raqqosaning liboslari restavratsiya qilindi (foto)

Toshkent shahridagi Tamaraxonim uy-muzeyida taniqli raqqosaning sahna liboslarini restavratsiya va konservatsiya qilish ishlari olib borildi. Ishlar muzeyni kapital ta’mirlash va qayta tiklash dasturi doirasida amalga oshirildi. Foto.

Bayram kunlari havo 39 darajagacha isiydi
14 iyun 2024, 12:22

Bayram kunlari havo 39 darajagacha isiydi

Shanba kuni O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, 32−35 daraja issiq atrofidagi qulay harorat kuzatiladi. 16−18-iyun — Qurbon hayiti bayrami kunlarida esa harorat ko‘tarilib, 36−39 darajagacha, ayrim joylarda +41 darajagacha bo‘ladi. Kechki vaqtlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ham mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting