USAID, FAO va Veterinariya qo‘mitasi O‘zbekistonda transchegaraviy hayvonlar kasalliklari, jumladan, zoonotik kasalliklarga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyiha boshladi. Bunda “Yagona salomatlik” yondashuvi COVID-19 pandemiyasi kabi ehtimoliy inqirozlarga tayyorgarlikni oshiradi.
25-fevral kuni Numa Diagnostics va Medipol klinikalari hamkorlik memorandumi imzolashdi. Shu munosabat bilan onkologik kasalliklar bilan kurashayotgan bemorlar bepul ko‘rikdan o‘tkazildi.
Illinoys shtati sudi AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga respublikachilar partiyasidan ushbu shtatda prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun o‘tkaziladigan praymerizda qatnashishni taqiqladi. Avvalroq xuddi shunday qaror Kolorado va Meyn shtatlarida ham qabul qilingan edi.
Prezident Energetika vaziri va viloyatlar hokimlarining muqobil energetika sohasidagi 2024-yilgi rejalaridan norozi bo‘ldi. Shavkat Mirziyoyev 2−3 oyda 14 ta quyosh va shamol elektr stansiyasini ishga tushirishni tezlashtirish va 2 ta gidroto‘plash stansiyasi loyihalarini ishga tushirish bo‘yicha topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, 423 metrli yangi ko‘prikni ochib berdi. U poyezdda va avtomobilda yurib, ko‘prik sifatini ko‘zdan kechirdi. “Bu yo‘l jahonga ochilayotgan Yangi O‘zbekiston, Yangi Qoraqalpog‘istonning taraqqiyot va farovonlik yo‘llaridir”, — dedi prezident.
Yashnobod tumanidagi “Krestik” chorrahasi yaqinida Nexia 3 yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan bir ayol va bir erkakni urib yubordi, ular jarohat olgan. Holat yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.
2023-yilda Click`dagi tranzaksiyalar hajmi 60 trln so‘mdan ortiqni tashkil qildi. Humo hisobotiga ko‘ra, bankdan tashqari mobil ilovalar orasida aylanmada Click`ning ulushi eng yuqori bo‘lib, 41,6 foizni tashkil qiladi.
Aprel oyida Toshkent va Hindistonning Mumbay shahri o‘rtasida aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda. Bu bilan hind shaharlariga parvozlar soni haftasiga sakkiz martaga yetadi.
O‘zbekistonda 2023-yilda 363 ta qotillik sodir etilgan. Ularning 141 tasi yoki 38,8 foizi oila-turmush doirasidagi nizolar oqibatida kelib chiqqan.
Payshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga tashrif buyuradi. Iqtisodiyot, ijtimoiy sohalar va mahallalardagi ishlar bilan tanishiladi. Shuningdek, Xorazmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkaziladi.
Yangi Onix turar joy majmuasida dastlabki 10 ta kottej uchun qulay shartlar amal qilmoqda. Shuningdek, 2 sotix maydonga ega kottejlarni chegirma asosida sotib olish imkoniyati mavjud.
Buxoro davlat tibbiyot institutining hindistonlik 21 yoshli talabasi o‘tkir nafas yetishmovchiligidan vafot etdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi.
Payshanba kuni tongda Mirzo Ulug‘bek tumanida yuqori tezlikda (197 km/soat) harakatlangan Tracker “garmoshka” avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagani aytilmoqda.
2023-yilda respublika yo‘llarida 9839 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etilib, ularda 2282 nafar fuqaro halok bo‘lgan. Vafot etganlarning 263 nafari bolalar ekani ma’lum qilindi. Dekabr oyining o‘zida 202 nafar fuqaro YTH oqibatida vafot etgan.
Senteo kompaniyasining Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha direktori Kseniya Konstantinova Markaziy Osiyo bank sektorida uch yillik tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashdi.
Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi mamlakatda Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni ma’qulladi. Rasmiylar Starlink to‘plamlarining birinchi partiyasini qabul qilib oldi, ularni qishloq maktablarida o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shundoq ham dunyoda eng past bo‘lgan Janubiy Koreyadagi tug‘ilish darajasi 2023-yilda yana ham pasayishda davom etdi. Mamlakat rasmiylari muammoni hal qilish uchun allaqachon 270 mlrd dollarga yaqin mablag‘ sarflab ulgurdi, biroq bu natija bermayapti.
BBC O‘zbek xizmati jurnalisti Ibrat Safoning xabar berishicha, u Milliy bog‘dagi qurib qolgan ko‘l va Magic City qurilishi haqidagi posti tufayli O‘zbekiston ichki ishlar idoralariga “suhbatga” chaqirilgan. Jurnalistning yozishicha, bu uning Londondagi 20 yillik faoliyati davomida birinchi marta sodir bo‘lmoqda.
Prezident qarori bilan Timur Butunbayev suv xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Xabibulla Quvondiqov esa vazir o‘rinbosari etib tayinlandi.
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va ularning maqomi, huquq va majburiyatlari belgilab qo‘yildi. Daraxt kesish, qum-shag‘alni noqonuniy qazib olish kabi huquqbuzarliklar bilan bog‘liq aniqlangan holatlar uchun ekologiya nazoratchilari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting