Oltiariq tumanida Nexia-2 haydovchisi velosiped boshqarib ketayotgan Italiya fuqarosini urib yubordi. U olgan jarohatlari tufayli shifoxonada vafot etdi.
Jazirama kunlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida bo‘lgan avtomobilda harorat 100 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu mashina jihozlari xiralashishi, yorilishi va buzilishiga olib keladi. Mutaxassislar jaziramadan ularni qanday saqlash borasidagi ko‘rsatma va tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Uzbekistan Airways kompaniyasining Moskvadan Namanganga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga tug‘ruq boshlangan homilador yo‘lovchi sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.
Toshkent shahridan Bo‘stonliq tumaniga (Chorvoq erkin turistik zonasiga) avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Har kuni 3 xil vaqtda qatnov amalga oshiriladi, yo‘lkira narxi 15 ming so‘m etib belgilandi.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari ehtimoliy davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda gumon qilingan 30 dan ortiq kishidan iborat guruhni qo‘lga oldi. Guruh tashkilotchilari, rasmiylarga ko‘ra, aybiga iqror bo‘lgan.
Bo‘kadagi IIBda qiynoqqa solingandan so‘ng vafot etgan Usmon Salimboyevning yaqinlari voqeaga oid yangi tafsilotlarni ma’lum qildi. Ular marhumdan tashqari uning ukasi ham qiynoqqa solinganini aytdi. Jamoatchilik ichki ishlar tizimi isloh qilinishini talab qilmoqda.
Toshkent tumanida 5 yoshli bola Zaxariq kanaliga tushib, oqib ketdi. 4 kundan buyon uning jasadini topish uchun kanal suvini to‘xtatib turishga ruxsat kutilayotgani aytilmoqda.
Jahon bankining yangi prognoziga ko‘ra, joriy yilda O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning o‘sishi 5,1 foizni tashkil etadi. Yanvar oyida bank 4,9 foiz o‘sishni prognoz qilgan.
Samarqand shahrida to‘rt nafar yigit 4-qavatdan tushib ketgan qizaloqni hayotini saqlab qoldi.
Alif Pay birinchi uch oylikda foizsiz 1 mlrd so‘mgacha ekvayring hizmatini yo‘lga qo‘ydi. Bu xizmat tadbirkorlarga qulaylik yaratib, ilovani yuklab olish majburiyatisiz to‘lovni amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Toshkent shahrida YPX xodimlari Germaniyadan keltirilgan BMW mototsikllarini boshqarish va ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatilmoqda.
Apple 34-WWDC dasturchilar konferensiyasida o‘zining yangi mahsulotlari — Macbook Air noutbuki, Mac Studio kompyuterlari, M2 chiplari, Vision Pro virtual reallik shlemi va iOS 17 operatsion tizimi taqdimotini o‘tkazdi.
10-iyun kuni Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da “Gustav Klimt va buyuk impressionistlar” nomli yangi multimedia ko‘rgazmasi ochiladi. Avvalroq “Van Gog bo‘lmoq” va “Monedan Kandinskiygacha. San’atdagi inqilob” multimedia ko‘rgazmalari o‘tkazilgandi.
Uzbekistan Airways Qurbon hayiti munosabati bilan 28-iyundan 2-iyulgacha bo‘lgan barcha aviaqatnovlarga 50 foizlik chegirma e’lon qildi.
Tijorat banklari 7-iyun kuni aholidan 1 AQSh dollarini 11 400−11 460 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 11 470−11 520 so‘m.
Olmazor tumanida 38 yoshli erkak o‘zini 4-qavatdan tashlab, halok bo‘ldi. Voqeaga marhumning qarzlari ko‘payib ketgani uchun tushkunlikda yurgani sabab sifatida ko‘rilmoqda.
O‘zbekistondagi Notebookoff onlayn-do‘koni ekspertlari noutbuk tanlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berdi.
O‘zbekiston prezidenti 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘lib, u yerda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi. Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejadan joy olgan.
Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida 14 yoshli qizini bir yil davomida muttasil kaltaklab kelgan ota 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.
Samarqandda Zarafshon daryosi sohilida, aeroportdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda 389 gektar maydonda ko‘p qavatli uylar, savdo majmualari va boshqa obyektlardan iborat “zamonaviy” “Shirin” massivini qurish rejalashtirilmoqda. O‘zbekiston prezidentiga massivning master-rejasi taqdim etildi. Foto.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting