Jizzaxda Nexia-2 haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishdagi Nexia-3 bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida mashina yonib, bir kishi halok bo‘ldi, yana uch kishi jarohatlandi. Surxondaryodagi avariyada esa haydovchi va ikki yo‘lovchi mashina salonida yonib ketdi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida taqiqlangan ov quroli — «Leska»dan to‘qilgan to‘rlar yordamida 150 boshdan ziyod baliq tutgan erkak ushlandi. Tabiatga 31,2 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.
Yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga 1,47 mlrd dollarlik pul mablag‘lari jo‘natilib, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga ko‘proqdir. Shuningdek, aholi o‘rtasida xorijiy valyutaga talab 69% ga oshgan.
Toshkentning Olmazor tumanidagi 9,6 gektar maydonda joylashgan Agregat zavodi yer uchastkasini Build Power kompaniyasi sotib oldi. Bu yerda ko‘p qavatli arzon uylar qurish rejalashtirilgan. Bitim qiymati — 208,7 mlrd so‘m.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha jahon kubogi bosqichida O‘zbekiston gimnastikachilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shulardan 3 ta oltin va 1 ta bronzani terma jamoa hisobiga Taxmina Ikromova olib keldi.
Navoiyda fuqaro o‘ziga davlat-xususiy sherikchilik shartlari asosida futbol maydonchasi qurish uchun ajratilgan 9,9 sotix yer maydonini 50 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyi boshida 35,15 mlrd dollargacha qisqardi. Bu pasayish asosan valyuta zaxiralarining kamayishi bilan bog‘liq. Oltin zaxiralarining jismoniy hajmi o‘zgarmagan, ammo qiymati ozroq oshgan.
O‘zgidromet haftaning birinchi yarmida respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilayotganini ma’lum qildi. Chorshanba kunigacha ba’zi hududlarda shamol 17−22 m/s gacha kuchayadi, natijada ayrim joylarda chang to‘zon kuzatiladi. Havo xarorati esa +20…+28 daraja atrofida bo‘ladi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, haydovchilikka tayyorlash bo‘yicha kurslar o‘tgan yilga nisbatan o‘rtacha 15,2 foizga, yil boshidan beri esa 13,9 foizga qimmatlashgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi (ARA) «Hayraton — Mozori-Sharif» yo‘nalishini 2011 yildan buyon boshqarib kelayotgan o‘zbek kompaniyasi faoliyatidan «butunlay qoniqish hosil qilgani»ni bildirdi. Bir vaqtning o‘zida afg‘on matbuoti ARA nazoratni bosqichma-bosqich o‘z qo‘liga olish niyatida ekani haqida yozmoqda.
G‘uzor tumanining «Sovbog‘» mahallasida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ydi. Bunga uning ruhiyatidagi o‘zgarishlar, shu jumladan qarzi ko‘payib ketgani va ko‘p miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilgani sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Aziz Ergashev tayinlandi. U «O‘zneftgazinspeksiya» Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga tadbirkorlik subyektlarining imtiyozli kreditlarini qoplash uchun budjetdan qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi. Hududlardagi kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirish uchun banklarga 300 mln dollar ajratiladi. Shavkat Mirziyoyev: «Ajratiladigan har bir dollar, har bir so‘m — budjetdanmi, bankdanmi — bu hammasi xalqning puli», — deya ta’kidladi. Shu bilan birga, u banklar eng katta poraxo‘rlik bilan shug‘ullanayotganini qayd etdi.
DXX qariyb 1 kg «opiy» moddasini Buxoroga olib kelib, 2,5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan afg‘onistonlik narkokurerni ushladi. Andijonda esa qirg‘izistonlik narkokurerlar tomonidan olib kelingan 5,3 kg «gashish» musodara qilindi.
Toshkentda kuchukchani bolalar ko‘z o‘ngida kaltaklagan shaxs qidirilmoqda. Xabar qilinishicha, u kulrang «Kobalt»da ketgan.
Prezident «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Unga ko‘ra, davlat organlarining axborot resurslari va tizimlari majburiy tartibda kiberxavfsizlik ekspertizasidan o‘tkaziladi. DXX kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ etib belgilandi.
Bo‘stonliq tumanida to‘rt nafar tadbirkor va Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi yordamchisi 40 gektar yerni 3 mln dollarga sotishga uringanlikda gumon qilinmoqda. Ular 180 ming dollarni avans tariqasida olganida ushlangan. Gumondorlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Moskva London sanksiyalariga javoban Buyuk Britaniyaning 13 nafar amaldorlarini, shu jumladan, bosh vazir Boris Jonson, adliya vaziri Dominik Raab, tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass, mudofaa vaziri Ben Uolles va xattoki sobiq bosh vazir Tereza Meyni ham Rossiyaga kirishini ta’qiqladi.
AIBA sobiq rahbari va tadbirkor G‘ofur Rahimov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.
Prezident qarori bilan O‘zbekistonga dvigatel sig‘imi 3 litrdan ortiq bo‘lgan hamda gibrid avtomobillarni olib kirish arzonlashadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting