Toshkentning Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘laydigan olti qatorli avtoyo‘l va uchta yo‘l o‘tkazgich qurilishi qiymati 280 mlrd so‘mdan 518,3 mldr so‘mgacha oshirildi. Qurilish ishlari Grand Road Tashkent tomonidan olib boriladi. Hukumat loyihani tendersiz o‘tkazishga ruxsat berdi.
O‘zbekistonlik taekvondochi Svetlana Osipova +67 kg vazn toifasida Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritdi. Shu tariqa taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor taekvondo bo‘yicha Olimpiya o‘yinlariga 4 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Toshkent shahri hududini Toshkent viloyati Qibray tumanidagi 21 ta mahallani poytaxtning Yashnobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlari tarkibiga o‘tkazish orqali kengaytirish rejalashtirilmoqda.
15 may kuni Navruz Mall savdo markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimi kutilgandan ham ziyod mehmonlar bilan gavjum bo‘ldi va maxsus ko‘ngilochar dastur namoyish etildi.
Xalqaro musobaqalarda sovrindor bo‘lgan bokschi va dzyudochilar, poytaxt hokimligiga qaytgan «Paxtakor» va klubni birinchi raqamli libosiga ega chiqqan Jahongir Ortiqxo‘jayev, Tokio olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan taekvondochi Nigora Tursunqulova hamda sport olamidagi boshqa muhim xabarlar — «Gazeta.uz»ning haftalik sport yangiliklari dayjestida.
2 ming AQSH dollari miqdoridagi poradan bosh tortgan Samarqand IIO FMB xodimi 15 mln so‘m mukofot bilan taqdirlandi. Uning ota-onasiga esa tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Andijon shahar prokurori Qurbonali Asqarov ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bosh prokuratura uni ishdan ketishini shahar kengashi sessiyasidagi voqealar bilan bog‘liq emasligini aytmoqda. Avvalroq, xalq deputatlari Andijon shahar kengashi sessiyasida deputatlar tintuv qilinib, telefonlari olib qo‘yilgandi, qolaversa, shu kuni deputat Shuhratbek Karimov daxlsizlik huquqidan ham mahrum etilgan edi.
Yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga 156 ta elektromobil import qilindi — bu 2020 yilgi jami ko‘rsatkichdan ham ko‘proq va 2019 yilga qaraganda to‘rt baravarga ortgan. Ularning ko‘p qismi Xitoydan keltirilgan.
Semifredo muzqaymog‘i, trayfl, tart va oddiy pechenelar — Zira.uz qulupnaydan tayyorlanadigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.
To‘rt oy davomida tashqi savdo aylanmasi 3,5 foizga kamayib, 10,3 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksport 19,1 foizga — 3,5 mlrd dollargacha qisqardi, biroq oltin hisobga olinmagan eksport hajmi 26,7 foizga o‘sdi. Import 7 foizga — 4,7 foizgacha o‘sdi. O‘zbekiston rangli metallar, to‘qimachilik mahsulotlari va avtomobillar eksportini hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar importini keskin oshirdi.
Avstraliyaning 45 shahrida iqlim o‘zgarishlariga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani, Ilon Maskning xalqaro oy bazasini yaratishni taklif qilgani, Tailandda favqulodda holatning 31 iyulgacha uzaytirilgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Isroil va HAMASning kelishuvi, Toshkentdagi ikki bankning xususiylashirilishi, avariyalar borasidagi statistikalar, Yangi O‘zbekiston universiteti ochilishi — “Gazeta.uz"ning 21 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
«O‘zbekiston uchun kuzatuvchi sifatida YeOII bilan o‘zaro aloqalarning aniq, sezilarli natijalariga erishishni ta’minlash muhim», — deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev OEIK majlisida. U «o‘zaro muvofiqlashgan yondashuvlarni talab etuvchi» vazifalarni sanab o‘tdi va ittifoq davlatlari o‘rtasida muntazam avia va temir yo‘l yo‘lovchi qatnovlarini qayta tiklashni taklif qildi.
Dam olish kunlari havo harorati me’yordan oshib, kun davomida 29−34 darajagacha ko‘tariladi. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda.
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil O‘zbekistonda «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochilishin e’lon qildi.
Qibray tumani hokimiyati qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga 154 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berdi. Har bir gektardagi hosil uchun ular 20 mln so‘mdan olishdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV vakillaridan «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivalida tadbir bo‘yicha kuzatiladigan xato va kamchiliklarni «saytlarda aylantirmasdan, hokimlikning o‘ziga aytishni» so‘radi. «To‘yimizni buzmanglar. Bayram bayramdek bo‘lsin. Biz keyin yana bayram o‘tkazishimizga ishtiyoqimiz bo‘lsin. Tanqid deb keyin qo‘limizni yerga tushirishni xohlamaymiz», — deya ta’kidladi u.
Dollarning rasmiy kursi 19,47 so‘mga pasaydi va jami 10 578,28 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, rubl va yevro kursi esa biroz ko‘tarilgan.
2021 yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 2242 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 1684 kishi jarohatlangan, 557 kishi esa vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, aprel oyining o‘zida piyodalar ishtirokidagi avariya — 318 tani, bolalar bilan bog‘liq hodisa esa — 148 tani tashkil etgan.
Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting